Bolalarni nafaqalar bilan qamrab oliş darajasi pasaymoqda
Bolalarni nafaqalar bilan qamrab oliş darajasi pasaymoqda
«9 yoşgaça bölgan bolalarning taxminan 30 foizi va 10 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarning 24 foizi aholining eng kambağal qatlamlariga mansub oilalarda yaşaydi», – deyiladi YUNISEFning navbatdagi tahlilida.
YUNISEF tahlillariga köra, Özbekistonda eng kambağal uy xöjaliklarining 52 foizi ijtimoiy himoyaning milliy tizimi tomonidan heç qanday yordam bilan qamrab olinmagan.
«Masalan, 2 yoşgaça bölgan bolani parvarişlaş uçun nafaqa oluvçilar soni 2009-yildan boşlab 60 foizga kamaydi. 2 yoşdan 14 yoşgaça bolalari bor oilalarga tölanadigan nafaqalar vaqt ötib qisqardi: endilikda atigi 10 foizgina bolalarni qamrab olmoqda.
Hozirgi vaqtda 0–17 yoşdagi bolalarning faqat 17 foizi bola uçun biror turdagi nafaqa (bolani parvarişlaş uçun nafaqa, oilaviy nafaqa yoki bolalar nogironligi böyiça nafaqa) oladigan uy xöjaliklarida yaşaydi», – deyiladi hisobotda.
Şunga yaqin masalani kanalimda bir neça bor yozib çiqqandim. Yaʼni bola parvarişlaş uçun nafaqalarni berişdagi byurokratiya hamda diskriminatsiya haqida.
Budjet mablağlarini behudaga yoki ahamiyati past işlarga sarflamasdan, fuqarolarning kuçli ijtimoiy himoyasi uçun yönaltirsak töğriroq bölardi, menimça.
👉 @xushnudbek 👈


