YUNISEF Özbekistonga vaksina taşuvçi maşinalar topşirdi
YUNISEF xalqaro taşkiloti koronavirusga qarşi vaksinalarni maʼlum bir haroratni saqlagan holda taşiş uçun Özbekistonga 17 ta muzlatkiçli yuk maşinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobillarini topşirdi. Bundan közlangan maqsad vaksinalarni mamlakat böylab xavfsiz va tezkor taşişdir.
Taqdim etilgan transport vositalarining umumiy qiymati 2 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
Bu albatta juda yaxşi xabar. Ammo köz tegdimi deyman, hali birorta vaksina taşişga ulgurmasidan bugunning özida 9 ta maşina yöl transport hodisasiga uçrabdi. Nima deymiz endi, kegan balo-qazo şularga ursin, deb qöya qolamizda özbekça qilib. Asosiysi haydovçilar jiddiy jarohatlanmabdiku, xayriyat.
👉 @xushnudbek 👈

