Özbekistonda oliy taʼlim muassasalari soni 121 taga yetdi
Maʼlumot uçun: söngi uç yilda Özbekistonda 43 ta yangi oliy taʼlim muassasalari, jumladan, 28 ta mahalliy va 15 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallari faoliyati yölga qöyildi va OTMlar soni 121 taga yetdi. Joriy yilda 1 ta institut universitetga, 2 ta filial institutga, 1 ta oliy maktab akademiyaga aylantirildi.
Davlat-xususiy şerikçilik asosida Qöqon nodavlat universiteti, “Tashkent International University” xalqaro universiteti, Britaniya menejment universiteti, TEAM universiteti, Akfa universiteti kabi nodavlat oliy taʼlim muassasalari taşkil etildi.
Mana şunça saʼy-harakatlardan keyin ham hali oliy taʼlim bilan qamrov 30% ga ham çiqmagani, bu muammo yillar davomida qanday ulkan toğga aylanib qolganini körsatadi.
Agar hozirgi tempni tuşirmasdan, yanada jadallaştirilsa, yaqin bir neça yilda qamrovni heç bölmasa 50% ga kötariş mumkin böladi.


