Abituriyent ruxsatnomasini olişdagi muammolar bartaraf etildi
Abituriyent ruxsatnomasini olişda nega muammo bölmoqda?
Köplab abituriyentlar abitur.dtm.uz saytidan ruxsatnomani köçirib olişda muammo bölayotganligi haqida murojaat qilişgan edi.
DTM özining dastlabki bayonotida bunday uzilişlar saytga kirayotgan abituriyentlar sonining köpligiga boğliq emasligini maʼlum qildi. Texnik nosozliklarga asosiy sabab internet tarmoğida yuz berayotgan uzilişlar ekanligi, agar internet uzluksiz işlasa qança abituriyent saytga kirişidan qatʼi nazar, ruxsatnomalarini yuklab oliş imkoniyati mavjudligi aytildi.
Keyinroq DTM ikkinçi bayonotni berdi. Unda UZINFOCOM, UZTELECOM va DTM mutaxassislari tomonidan muammo tezkorlik bilan örganib çiqilgani, bunda internet tarmoğida muammo bölmaganligi aniqlangani va texnik nosozliklar bartaraf etilgani xabar qilindi.
Xabarda agar muammo internetda bölmasa, unda tizimdagi xatolikka nima sabab bölganiga oydinlik kiritilmagan.
DTM hozirda tizim töliq işlayotganini, bugunning özida 300 mingdan ortiq abituriyentlar ruxsatnomasini yuklab olganini maʼlum qilgan va noqulayliklar uçun uzr söragan.
👉 @xushnudbek 👈


