Mineral suvlar importiga bojlarni oşiriş taklif etildi

Matn1-may, 2019, 11:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Xorijdan kiradigan mineral suvlarga bojxona bojini oşirişmoqçi. Raqobatning ahvolini qarang🤦🏻‍♂️

Bu haqda @daryo_live şunday yozmoqda:
«Sönggi kunlarning qiziqarli sarlavhalaridan biri şunday jaranglaydi: «Davlat bojxona qömitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oşirişni taklif qilmoqda».

Qömita tabiiy yoki sunʼiy mineralli, gazlangan, şakar qöşilmaydigan yoki boşqa taʼm beruvçi yoxud aromatik moddalarga ega suvlar uçun import bojlarini oşirişni nazarda tutuvçi Prezident qarori loyihasini tayyorlabdi.

Hozirda uşbu tovarlarni Özbekistonga olib kiriş böyiça boj 30 foizni taşkil etadi. Qömita esa boj miqdorini 50 foizgaça oşirişni, kamiga bir litr uçun 0,25 dollarlik minimal çeklov örnatişni taklif qilmoqda.

Nega desangiz, qömita buni «soğlom raqobat muhitini qöllab-quvvatlaş, içki bozorni yuqori sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlaş, mahalliy işlab çiqarişni rağbatlantiriş» deb asoslayapti.

Yurtimizning eng qörqmas iqtisodiyotçilaridan hisoblangan Yuliy Yusupov va Zafar Hoşimov mineral suvlarga nisbatan import bojini oşiriş taşabbusiga qarşi fikrlar bildirgan.

«Bu qaror bozorda raqobatni zaiflaştiradi (va muqarrar ravişda mahsulot sifatini yomonlaştirib, uning narxini oşiradi), kontrabanda, yaşirin iqtisodiyot va (bojxona, çakana taşuvda) korrupsiya darajasini oşiradi», — deb yozadi Yuliy Yusupov.

«Bojxona qömitasidek idoraning bojlarni kötariş harakati ayniqsa ğalati körinadi va, agar barça importlar yuqori boj evaziga yana ‘yaşirin bozorʼga ötsa, soğlom raqobat yoki isteʼmolçilarni past sifatli mahsulotlardan himoya qiliş haqidagi asoslar bemaʼnilikdir», — deydi Zafar Hoşimov.

Mana şunaqa. Bildirilayotgan fikrlar, bu fikrlardagi qoçirimlar, kinoyalar (töliq öqing-da) zör, albatta. Lekin Bojxona qömitasi ham nima qilsin? U yerdagi beçoralar ham «Borjomi»-yu Evian suvlariga qarşi qaratilgan bu qaror loyihasini öz xohişi bilan tayyorlamagandir?..

Prezident fevral oxirida Namanganga, aniqroği, Çortoqqa borgandi. Öşanda davlat rahbari tumanda çiqarilayotgan mineral suvni Özbekistondagi barça boğçalar, yozgi oromgohlar, şifoxonalar, ijtimoiy dorixonalar, supermarketlarga yetkazib beriş zarurligi haqida gapirgandi.

Prezidentning Çortoqqa taşrifidan söng yaqin vaqt içida «Çortoq» içimlik suvini içki bozorda qöllab-quvvatlaş çoralari körilişi, xususan, «Borjomi»ga öxşaş suvlar importi optimallaştirilişi mumkinligi haqida gap-sözlar paydo bölgandi...»

P.S.: özi xalqni gigant monopol kompaniyalar kanaday sörib yotgan bir paytda, ularning salbiy oqibatiga qarşi kuraşiş örniga, xalqqa yanada battarroq muhit yaratişga intilişayotgani odamni xavotirga soladi. Yaqindagina «mahalliy tadbirkorni qöllab-quvvatlaş» niqobi ostida xorijiy maşina şinalariga bojxona bojlari oşirilgan va yana allambalo taqiqlar qöyilgandi. Bunga qarşi allaqaçon iqtisodçilar öz fikrlarini bildirişdi. Endi esa mana bu qaror loyihasi... Kulay desang, kuladigan iş emas, yiğlay desang, baribir befoyda.

Tahrirlandi: mazkur qaror aynan «Borjomi» suviga taʼsir etmasligi haqida izoh berildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek