Qinğir yöl bilan öqişga kirganlarni çetlatiş tartibi
Qinğir yöl bilan öqişga kirganlarni OTMdan çetlatiş tartibi belgilandi
Yodingizdami, kanalim orqali bir qiziq mavzuni kötarib çiqqan edim. Yaʼni kiriş imtihonlarida qinğir yöl bilan öqişga kirgan abituriyentlarni ularning aybi keyinçalik aniqlangan taqdirda ham, talabalikdan çetlaştirib bölmasligi, buning qonuniy asosi yöqligi haqida. Esladingiz-a?
Keça eʼlon qilingan Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan uşbu masalaga ham oydinlik kiritib ketilibdi.
Aniqroği “Oliy taʼlim muassasalari talabalari öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisida”gi nizomga qöşimça kiritildi hamda talabani OTMdan çetlatişga asos böladigan holatlar röyxati quyidagi band bilan töldirildi:
«z) sud qaroriga köra kiriş imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (uşbu holatda talabalar safidan çetlaştirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);»
Menimça, uşbu bandni şarhlaşga ehtiyoj bölmasa kerak. Taklifimiz töliqligiça qabul qilinibdi, taşakkur.
Aytgança, talabani OTMdan çetlatiş tartibiga yana bir kiçik özgariş kiritildi, yaʼni endilikda talaba OTMning odob-ahloq qoidalarini buzgan bölsa ham, uni talabalikdan çetlatiş mumkinligi belgilandi. Ilgari mazkur bandda faqat öquv intizomi va içki tartib-qoidalari sanalgan edi.
👉 @xushnudbek 👈

