OTMlarga qabul boşlangani haqidagi xabarlar rad etildi
OTMlarga qabul boşlandimi?
❗️Javob: YÖQ!
Ayrim kanallarda 1-maydan OTMlarga qabul boşlangani, yaʼni avvalgi yillarda öqişga kira olmagan abituriyentlar 1-maydan 20-iyungaça hujjatlarini topşirişi mumkinligi haqida yozişmoqda.
Bu notöğri maʼlumot. Hozirça qabul jarayonlari boşlangani yöq.
Unda qaçon boşlanadi?
Aynan qaçon boşlanişini bilmadim-u, lekin buning uçun eng avvalo 2 ta hujjat qabul qilinişi kerak:
1) Prezident qarori bilan 2019/2020 öquv yili uçun qabul kvotalari tasdiqlanişi kerak. Yaʼni qaysi OTMda qaysi yönalişlar uçun neçta joy ajratilgani aniq bölmasdan turib, qabul jarayonlari boşlanmaydi;
2) Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qabul jarayonlariga oydinlik kirituvçi yangi tartib tasdiqlanişi kerak.
Masalan, bu yil qabul jarayonlarida köplab özgarişlar haqida gapirilmoqda: 3ta OTMni tanlaş imkoniyati, hujjatlarni davlat xizmatlari markazi orqali yoki onlayn topşiriş, avvalgi yilda «yiqilganlar»ning 202 ming söm tölov tölaşi, 3 yilga ötadigan ball sertifikati berilişi, IELTS kabi sertifikatlarga ham maksimal ball berilişi - xullas, juda va juda köp yangiliklar haqida gapirilmoqda. Lekin bularning barçasi - LOYIHA!
Bugungi kungaça qabulga oid hukumat qarori qabul qilinmadi, şu sababli uşbu özgarişlar rasman kuçga ega emas. Qaçon tasdiqlanişidan xabarim yöq.
Şu sababli ham «1-maydan OTMlarga qabul boşlandi» degan xabarlarga işonmang. Va Prezident hamda Hukumat qarorlari imzolanişini kuting. Sabr qiling.
P.S.: qabulga oid hujjatlarning kam muddat qolganda yoki keçikib tasdiqlanişi azaliy odat biz uçun. Tarki odat esa amri mahol. Katta ehtimol bilan, may oyining örtalarida imzolanadigan VM qarorida «1-maydan hujjatlar qabul qilinsin» deb yozilsa ham sira hayron qolmayman.
Qabulga oid yangiliklardan xabardor bölib boriş uçun obuna böling:
👉 @xushnudbek 👈

