Jasur Umirov bezoriligi uchun 15 sutkaga qamaldi
Jasur Umirov bezoriligi uçun 15 sutkaga qamaldi
Özbekistonlik qöşiqçi Jasur Umirov öz tanişiga tahdid qilgani uçun sud qilindi va unga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi.
Kun.uz manbasi maʼlumotiga köra, Jasur Umirov 2018-yilning 18-noyabr kuni tungi soat 03:00larda mast holatda H.Q.ning xonadoniga özining «Kaptiva» rusumli avtomaşinasida borgan. Şaxsiy adovati bölgani bois uning darvozasiga bir neça marta avtomaşinasining oldi qismi bilan urgan. Darvozaga şikast yetkazgan, jabrlanuvçini haqoratlagan va qölidagi piçoq bilan qörqitgan.
«24-aprel kuni Toşkent şahar Olmazor tuman maʼmuriy sudi tomonidan 1986-yil Samarqand viloyatida tuğilgan Jasur Umirovga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi doirasida sud işi körib çiqildi», manba maʼlumotida.
Sudda Jasur Umirov aybiga töliq iqror bölgan - rostan ham özi bilan olib yuradigan piçoği bilan tanişini qörqitib haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida özi yoqtirgan qizni unga turmuşga berişmayotganini körsatgan. Lekin qilgan işidan afsusdaligini bildirib, suddan yengillik söragan.
Sud estrada yulduzi Jasur Umirovni MJtKning 183-moddasida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Unga 15 (ön beş) sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈

