Şavkat Mirziyoyev BMT Boş kotibi bilan uçraşdi

Foto26-aprel, 2019, 18:461 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev BMT Boş kotibi bilan uçraşdi

Davlatimiz rahbari 26-aprel kuni Pekin şahrida özi uçun ajratilgan qarorgohda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda, joriy yil oktabr oyida Nukusda bölib ötadigan Orolböyida ekologik innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça xalqaro konferensiya yakunida Özbekiston BMT Boş Assambleyasiga uşbu hududni «Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi» sifatida eʼlon qilişga doir maxsus rezolyutsiya qabul qiliş taşabbusi bilan çiqişi rejalaştirilgani taʼkidlandi.

Bundan taşqari, 2020-yilda Toşkent şahrida Ozon qatlamini yemiruvçi moddalar böyiça Monreal protokolini amalga oşiriş masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiya ötkazilişi qayd etildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek