Qinğir yöl bilan öqişga kirganlarni çetlatiş muammosi
Manba:Xushnudbek.uz
Qiziq mavzu: qinğir yöllar bilan öqişga kirgan talabalarni «otçislen» qiliş mumkinmi?
JAVOB: Yöq!
Hayron böldingizmi? Iya, qanaqasiga test sinovlarida örniga odam kirgan yoki boşqa qinğir yöllardan foydalanib talaba bölganlarni talabalar safidan çiqarib bölmaydi, degan savol xayolingizga “lip” etib kelganiga ham şubham yöq.
Batafsil tuşuntirişga harakat qilaman.
Yaqinda Toşkent davlat yuridik universitetiga noqonuniy yöllar bilan öqişga kirgan 4 nafar talaba aniqlangani, ularga yordam bergan mansabdor şaxslar hamda talabalarning öziga jinoiy iş qözğatilgani va eng asosiysi qinğir yöllar bilan TDYUUga öqişga qabul qilingan şaxslar talabalar safidan çiqarilgani xabar qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandida talabalarni quyidagi hollarda çetlaştirilişi mumkinligi belgilab qöyilgan:
a) öz xohişiga binoan;
b) öqişning boşqa taʼlim muassasasiga köçirilişi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
g) öquv intizomini va OTMning içki tartib-qoidalarini buzganligi uçun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ye) öqiş uçun belgilangan tölov öz vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli (tölov-kontrakt böyiça tahsil olayotganlar uçun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.
Böldi, bundan boşqa asos yöq.
Agar yaxşilab tahlil qilinsa, qinğir yöllar bilan öqişga kirgan talabalarni OTM rektori öz buyruği bilan talabalar safidan çiqara olmasligiga guvoh bölasiz.
Rektorlar qöllaşi mumkin bölgan taxminiy variantlar quyidagiça bölişi mumkin:
1) majburlab öz xohişiga köra ariza yozdiradi – bu qonunga xilof, lekin tinçroq usul;
2) 74 soat dars qoldirdi deya baholaydi – bu asos ham töğri kelmaydi, çunki Nizomda “uzrli sabablarsiz” deyilgan. Agar mabodo qinğir yöllar bilan öqişga kirgani aniqlangan şaxslar tergov jarayonida ehtiyot çorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan bölsa, unda bu “uzrli sabab” hisoblanadi. Çunki qamoqdagi şaxs qanaqa qilib öqişga kelişi mumkin? Agar talaba qamoqda bölmasa-yu, lekin qoçib ketgan yoxud qörqqanidan öqişga çiqmayotgan bölsa, unda şu asos bilan çetlaştiriş mumkin;
3) sudning hukmi çiqişini kutadi – lekin bu ham qinğir yöl bilan öqişga kirgan talabani çetlatiş uçun işonçli asos emas. Sababi Nizomda “sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi” deyilgan. Aytaylik, öşa talabalar sudning hukmi bilan aybdor deb topilsayu, lekin ularga boşqaça jazo (jarima, ahloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş va h.k.) tayinlansa ham OTM rektori öz buyruği bilan talabalarni çetlaştira olmaydi.
Mana şunday qiziq kazus yuzaga kelgan. Bu qonunçilikdagi “böşliq” (probel) deyiladi.
Yuridik universitetga qinğir yöl bilan kirgan talabalar nima asosga köra çetlatilganini aniq bilmadimu, lekin bunday vaziyatda hozirça men körgan eng töğri va qonuniy yöl, bu rektorning emas, balki Davlat qabul komissiyasining qarori asosida test sinovlaridagi öşa şaxslarning natijalarini bekor qiliş (haqiqiy emas deb topiş) orqaligina ularni talabalar safidan çetlatiş mumkin. Yanada aniqroği ularni talaba bölgan deb hisoblamaslik mumkin. OTM rektorining özi bunday vaziyatda heç narsa (!) qila olmaydi!
TAKLIFIM:
Haliyam keç emas, kelgusi qabul yiligaça Vazirlar Mahkamasi qaroriga tegişli özgartiriş kiritiş kerak va Nizomga “kiriş imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi uçun” degan band qöşiş kerak.
Ha, aytgança, yana bir qoidani Nizomga albatta qöşiş kerak – “uşbu asos bilan çetlatilgan talabalar kelgusida talabalar safiga qayta tiklanmaydi”. Yöqsa 1 yil ötib, öqişni qayta tiklaş haqida ariza yozib kelsa, yana hayron bölib, qonunçilikdagi “böşliqni” qanday töldirişni bilmay ötirmaylik.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

