Qonun ustuvorligi indeksida Özbekiston körsatkiçlari

Matn1-mart, 2019, 10:182 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Qonun ustuvorligi indeksida Özbekiston körsatkiçlari

World Justice Project xalqaro mustaqil taşkiloti eʼlon qilgan Qonun ustuvorligi indeksida Özbekiston 94-örinni egallagani haqida xabar bergandik. Mazkur hisobotda Özbekiston körsatkiçlari ham alohida eʼlon qilingan.

Afsuski natijalar unçalik ham quvonarli emas. Mazkur indeks 8ta yönaliş böyiça baholanadi. Unda Özbekistonning natijalari quyidagiça:

«Hukumat vakolatlarining çeklanganligi» yönalişi böyiça:

Ball: 0,33 (1 ballik şkalada)
Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida: 12-örin (13ta davlat orasida)
Aholi daromadi örta darajadan past bölgan davlatlar örtasida: 26-örin (30ta davlat orasida)
Umumiy reytingda: 118-örin (126ta davlat örtasida)

«Korrupsiya mavjud emasligi» yönalişi böyiça:

Ball: 0.38
Mintaqa reytingida: 9/13
Daromad reytingida: 15/30
Umumiy reyting: 95/126

«Hukumat oçiqligi» yönalişi böyiça:

Ball: 0.31
Mintaqa reytingida: 13/13
Daromad reytingida: 27/30
Umumiy reyting: 119/126

«Asosiy huquqlar himoyasi» yönalişi böyiça:

Ball: 0.39
Mintaqa reytingida: 12/13
Daromad reytingida: 21/30
Umumiy reyting: 109/126

«Tartib va xavfsizlik» yönalişi böyiça:

Ball: 0.91
Mintaqa reytingida: 1/13
Daromad reytingida: 1/30
Umumiy reyting: 9/126

«Huquqni qöllaş amaliyoti» yönalişi böyiça:

Ball: 0.44
Mintaqa reytingida: 9/13
Daromad reytingida: 17/30
Umumiy reyting: 96/126

«Fuqarolik sudidagi adolat» yönalişi böyiça:

Ball: 0.51
Mintaqa reytingida: 8/13
Daromad reytingida: 8/30
Umumiy reyting: 72/126

«Jinoyat sudidagi adolat» yönalişi böyiça:

Ball: 0.44
Mintaqa reytingida: 6/13
Daromad reytingida: 6/30
Umumiy reyting: 67/126

Eng yaxşi körsatkiçimiz har doimgidek «Tartib va xavfsizlik» yönalişida bölib turibdi, unga köra dunyo reytingida 9-örinni egallaganmiz. Bizdan oldingi örinlarda Singapur, Daniya, Norvegiya, Gongkong, Yaponiya, Finlyandiya, BAA va Kanada joy olgan.

Eng yomon körsatkiç esa «Hukumat oçiqligi» yönalişida qayd etilgan, 126ta davlat orasida 119-örin. Biz bu yönalişda faqat quyidagi davlatlardan yaxşiroqmiz xolos: Togo, Eron, Venesuela, Efiopiya, Kombodja, Mavritaniya hamda Misr. Reytingdagi qolgan barça davlatdan orqadamiz.

Xulosa özingizdan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek