Özbekiston Qonun ustuvorligi indeksida 94-örinni egalladi

Matn28-fevral, 2019, 21:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Qonun ustuvorligi böyiça 94-örindamiz

Qonun ustuvorligi indeksida (Rule of Law Index-2019) Özbekiston 126ta davlat orasida 94-örinni egalladi.

Mamlakatimizning reytingdagi örni ötgan yilgiga qaraganda 2 poğona yaxşilangan. Lekin bu indeksda Özbekistonning qonun ustuvorligi böyiça körsatkiçlari yaxşilanganini bildirmaydi. Ötgan yilgi reytingda Özbekiston 91-örinda edi. Bu yilgisida esa 94-örinda qayd etildi.

Unda nega 2 poğona yaxşilandi deyilgan? Taşkilotçilar buni reytinga 13ta yangi davlat qöşilgani bilan izohlaşmoqda. Yaʼni ötgan yili Özbekiston 113ta davlat orasida 91-örinda edi, bu yil 126ta davlat orasida 94-örinda. Taqriban olinganda bu ötgan yilgidan biroz yaxşi körsatkiç degani.

Bundan taşqari Eronning natijalari ötgan yilgiga qaraganda keskin pasayib, bizdan ham pastga tuşib ketdi. Mana şu 2 faktor natijasida Özbekistonning reytingdagi joylaşuvi (körsatkiçi emas) 2 poğonaga yaxşilandi, deyiş mumkin.

Ammo yuqorida aytganimizdek, Özbekiston reyting balli ötgan yilgi bilan bir xil - 0,46 (maksimal 1 ball).

Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida Özbekiston 13ta davlat orasida 12-örinda qayd etilgan. Faqat Turkiyagina bizdan orqada.

Markaziy Osiyoda eng yaxşi körsatkiçni Qozoğiston qayd etgan (umumiy reytingda 65-örin), undan keyin Qirğiziston (85-örin) örin olgan. Tojikiston va Turkmaniston umuman reytinga kiritilmagan.

Reyting peşqadamlarida özgariş bölmagan. Haliyam Daniya 1-örinda bormoqda. Kuçli önlikda Norvegiya, Finlyandiya, Şvetsiya, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Kanada, Estoniya davlatlari bor.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek