Nuroboddagi eski noutbuk voqeasi tafsilotlari

Matn18-yanvar, 2022, 20:532 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Eski noutbuk voqeasi

«Bir million dasturçi» loyihasi tuman bosqiçida ğolib bölgan öquvçilarga berilgan eski noutbuk voqeasini köpçilik kuzatdi, menimça. Eng qiziği uşbu voqea şunçalar çalkaş bölib ketdiki, masʼullar qovun ketidan qovun tuşirişdan çarçaşmadi. Bu "inqirozli vaziyatlarda" şoşilinç va töğri qaror qabul qiliş könikmasi bor mutaxassislar anqoning uruği ekanligini yana bir bor isbotladi.

Maşmaşalar ortidan Samarqand viloyat Xalq taʼlimi boşqarmasi bölim boşliği va Nurobod tuman XTB mutaxassisi işdan ketdi. Nurobod tuman hokimining örinbosariga hayfsan berildi.

Voqealar rivojining batafsilroq variantini mana bu yerda öqişingiz mumkin. Tuşunişim böyiça, qisqaçasi quyidagiça:

1️⃣ tuman bosqiçida ğolib bölgan maktab öquvçilariga telefon (1-örin), elektr çoynak (2-örin) va kitoblar (3-örin) topşirilgan. Eski emas, yangisi.

2️⃣ keyin tuman bosqiçi ğoliblari viloyat bosqiçi uçun Samarqand şahriga borişgan. U yerda örin olişolmagan. Lekin boşqa tumanlar ğolib bölgan öquvçilariga noutbuk topşirilayotganini körişgan va nima qilişni bilmasdan şoşilinçda tuman XTBda işlatilmay turgan eski noutbuklarni olib kelib öquvçilarga berişgan;

3️⃣ eski noutbukni keyinroq yangisiga almaştirib beramiz, deyişgan. Öquvçilar va ularning ota-onalari 5-6 kun kutişgan, lekin almaştirilmagan. Keyin bu haqda video çiqarişgan. Keyin nima bölganini kuzatib borgan bölsangiz kerak.

Mayli, nima bölsa ham yoş dasturçilarimizning kelgusi faoliyatlariga omad tilayman. Umid qilamanki, bu gap-sözlar ularning ruhiyatiga salbiy taʼsir qilmaydi, şijoatini söndirmaydi.

Şu örinda yana bir maʼlumot:

«Bir million dasturçi» loyihasida uzbekcoders.uz saytida röyxatdan ötib, bepul öquv kurslarini tugatib, sertifikat olgan dasturçilar noutbuk sotib oliş uçun bankdan 2 yilga 6 mln 750 ming sömgaça mablağ olişlari mumkin. Asosiysi heç qanaqa qöşimça foiz tölanmaydi, buni Yoşlar işlari agentligi zimmasiga oladi. Şunda 6 mln 750 ming söm mablağ 24 oyda tölansa, bir oyga 281 ming 250 sömdan töğri keladi.

P.S.: Nuroboddagi voqealarga bağişlangan quyidagi karikatura juda zör çiqqanini eʼtirof etiş kerak lekin😁

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2942
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek