Jizzaxlik şifokor 34 yillik taʼtil pulini undirib oldi

Matn2-mart, 2019, 16:052 daqiqa0 koʻrish

Jizzaxda 40 yil bir joyda işlagan şifokor 34 yil davomida mehnat taʼtiliga çiqmagan ekan — işdan böşatişgaç, işxonasidan 68 mln undirib olibdi

X.Qayumov 1978-yildan beri Jizzax viloyat Patalogoanatomiya byurosida patalogoanatom vraç bölib işlagan. 2018-yili Qayumov bilan mehnat şartnomasi bekor qilinibdi (40 yil bir joyda işlaş — dahşat!). Mehnat şartnomasi bekor qilinganidan söng oxirgi-hisob kitob qilinişi, xususan, foydalanilmagan mehnat taʼtillari («otpuskalar») uçun pullik kompensatsiya tölanişi kerak. Qayumovga öşa «otpuskalar» uçun pul tölanmabdi.

Qayumov uşbu holat yuzasidan Jizzax viloyat Kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasiga şikoyat qilgan. Şundan söng fuqarolik işlari böyiça Jizzax tumanlararo sudiga Qayumovning foydalanilmagan mehnat taʼtillari uçun kompensatsiya undiirş haqida daʼvo arizasi kiritilgan. Hisoblab körişsa, vraç Qayumov Patalogoanatomiya byurosidagi 40 yillik faoliyati davomida 34 yil umuman «otpuska»ga çiqmagan ekan. Sud şu 34 yilning barçasi uçun kompensatsiya undiriş haqida qaror çiqaribdi.

«Kasaba uyuşmalari tomonidan amalga oşirilgan saʼy-harakatlar natijasida daʼvo arizasi qanoatlantirilib, 68 million 941 ming 44 söm miqdorida pullik kompensatsiya tölovlari undirib berilişiga erişildi», — deyiladi xabarda. 34 yillik foydalanilmagan «otpuska» puli — bitta Damas yo Spark’ga yetgulik mablağ bölarkan. Qoyilmisiz?

Kasaba uyuşmalari federatsiyasidan maʼlum qilişlariça, «ayrim iş beruvçilar xodim bilan mehnat şartnomasini bekor qilganda foydalanilmagan mehnat taʼtillari uçun kompensatsiya pullarini sönggi uç yil beriş hollari mavjud» (ayrimlari «otpuska» ham, «otpuska puli» ham bermasa kerak). Lekin, federatsiyadan maʼlum qilişlariça, Mehnat kodeksining 151-moddasiga muvofiq, mehnat şartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barça yillik asosiy va qöşimça taʼtillar uçun pullik kompensatsiya tölanişi şart. Huquqlaringizni biling va ulardan foydalaning!

Matn: @daryo_live

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek