Sirtqi va keçki taʼlim kontraktlari narxidagi nomutanosiblik
Manba:Xushnudbek.uz
Nega sirtqi va keçki taʼlim kontraktlari bunça qimmat?
Köpçilik talabalardan kelgan bir savol meni ham doim öylantirib keladi.
Kontraktlar narxining balandligi haqida gap ketganda, vazirlikning bergan rasmiy tuşuntirişi yodimizga tuşadi. Unda aytilganidek, talabalar tölaydigan kontraktlarning katta qismi, yaʼni 45-80 foizi talabaning öziga stipendiya tariqasida qaytariladi. Masalan, - deydi vazirlik, - talaba “aʼlo” bahoga özlaştirsa jami 7,5 mln.söm stipendiya oladi.
Yaxşi, tuşundik.
Lekin boşqa savol: unda nima uçun sirtqi va keçki taʼlimda öqiydigan talabalarga stipendiya tölanmaydiyu, lekin baribir kontrakt narxi kunduzginiki bilan bir xil?
2004-yil 10-mart kuni tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi yöriqnomada stipendiyalar faqat kunduzgi şaklda tahsil olayotgan talabalarga tölanişi belgilangan. Aytgança, mavzudan taşqari bölsa ham aytay, stipendiya tölaş haqidagi yöriqnomaning 14 yildan buyon faqat rus tilidagi matni mavjud, özbek tilidagisi yöq. Şunçaki şarmandalik deyman, bunaqa holatlarni. Mayli, «revenons a nos moutons» (fr.), boşqaça aytganda «qöy mavzusiga qaytamiz».
Demak, sirtqi va keçki taʼlimda öqiyotgan talabalarga qoida böyiça stipediya tölanmasligi oydinlaşdi. Lekin kontrakt narxlari ular uçun ham eng arzoni 8 mln 293 ming söm, eng qimmati 11 mln 58 ming söm etib belgilangan.
Nima uçun kunduzgi şaklda tahsil olayotganlar xuddi şunça tölab stipendiya oladiyu, sirtqi va keçki taʼlimdagilar olmaydi? Qani mantiq? Qani ijtimoiy adolat?
Boz ustiga sirtqi taʼlimdagilar doim ham öqişga kelişmaydi, yaʼni ularga kamroq xarajat ham ketadi. Ammo kontrakti otni kallasiday.
Biz uşbu jumboqli masalaga Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligidan yana bir marta asoslantirilgan izoh kutib qolamiz.
Hozirça bor gap şu. Bizning vazifamiz holatni xalqqa yetkaziş xolos. Qolgani rasmiylarning işi. Kuningiz xayrli ötsin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1


