Metsenat.uz loyihasi stipendiya g‘oliblarini e’lon qildi
Manba:Metsenat.uz
Metsenat.uz'da navbatdagi stipendiya g‘oliblari aniqlandi
✅ Metsenat.uz loyihasi doirasida «Reiwa Japanese School» oʻquv markazi tomonidan yapon tilida oʻqiyotgan filolog-talabalar uchun jami 36 mln soʻmlik stipendiya tanlovi eʼlon qilingan edi.
🔽 26-may kuni «Reiwa Japanese School» oʻquv markazi tomonidan stipendiya uchun daʼvogar talabalar ishtirokida imtihon boʻlib oʻtdi. Imtihon natijasiga koʻra, quyidagi 6 nafar talabalar oʻquv markazi tomonidan eng munosib deb topildi:
➖Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Shodiyorov Otabek Shermamatovich;
➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Abdubotirova Munira Abdurasul qizi;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Usmonov Siddiq Sobir oʻgʻli;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Norboyeva Guljahon Shavkat qizi;
➖Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Muxammedvaliyeva Muslima Abdusattor qizi;
➖Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Bakirova Sadoqatxon Elmurod qizi.
✅ Har bir gʻolibga kelgusi 10 oy davomida 300 ming soʻm miqdorida stipendiya berib boriladi.
👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.
Ma’lumot uchun: tez kunda Samarqand viloyati hokimligining stipendiyasi g‘oliblari ma’lum qilinishi kutilmoqda.
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon


