2021-yilda qöşimça dam oliş kunlari belgilandi
2021-yilda qöşimça dam oliş kunlari belgilandi
Prezidentning tegişli farmoni (PF-6122, 03.12.2020y) bilan 2021-yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlar belgilandi hamda dam oliş kunlari köçirildi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, 2021-yilda quyidagi qöşimça dam oliş kunlari belgilandi:
👉 2-sentabr – payşanba;
👉 3-sentabr – juma.
Şuningdek, 2021-yilda dam oliş kuni 27-mart - şanba kunidan 22-mart - duşanba kuniga köçirildi.
Bundan taşqari, 2021-yil 2-yanvar – şanba, 20-mart – şanba, 22-mart – duşanba va 4-sentabr – şanba kunlari barça xodimlar uçun iş haftasining turidan qatʼi nazar, dam oliş kunlari hisoblanadi.
Budjet taşkilotlarida qöşimça dam oliş kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini 2 iş kuniga qisqartiriş hisobiga qoplanadi. Ammo mehnat taʼtili davomida saqlanadigan örtaça oylik iş haqi miqdorini hisoblaşda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈


