Talabalar uçun öqiş joyidan maʼlumotnoma oliş soddalaşdi
Talabalar uçun yaxşi yangilik!
Endi my.gov.uz portali orqali bir zumda öqiş joyidan maʼlumotnoma oliş mumkin!
Bilamizki, zarur hollarda talabalar işga joylaşiş uçun, avia yoki temir yöl kassalariga, mudofaa bölimiga, bankka va yana boşqa joylarga öqiş joyidan maʼlumotnoma taqdim etişi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.
Endilikda uşbu maʼlumotnomani internet orqali oson oliş imkoniyati paydo böldi.
"Öqiş joyidan maʼlumotnoma oliş" xizmati:
⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ töliq avtomatlaşgan (inson omilisiz);
⁃ maʼlumotnomani şaxsiy kabinetdan PDF şaklida yuklab oliş va hujjatlar repozitoriysida saqlab qöyiş imkoniyati bor.
❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuçga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilişni rad etişga haqli emas, bu qatʼiyan man etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


