Darsliklar tarjimasi uçun mutaxassislar taklif etilmoqda

Matn24-oktabr, 2020, 12:001 daqiqa0 koʻrish

Xalq taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev darsliklar tarjimasida yordam berişni istaganlarga murojaat bilan çiqdi. Unda şunday deyiladi:

“Hurmatli öqituvçilar, olimlar va ota-onalar!

Maʼlumki, mamlakatimizda taʼlim jarayoni 7 tilda olib boriladi. Darsliklarning original maketlari esa özbek tilida yaratilib (ona tili fanidan taşqari), keyin boşqa tillarga (qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik va turkman) tarjima qilinadi.

Tarjima işlari naşriyotlarda amalga oşirilib, Respublika taʼlim markazining tegişli til muharrirlari tomonidan körib çiqiladi.

Afsuski, bu jarayonga jalb qilingan mutaxassislarning malaka darajalari har doim ham talab darajasida bölmaganligi oqibatida, tarjimalarda xatoliklar kuzatilmoqda.

Jamoatçilik va ota-onalarning haqli eʼtirozlarini tuşungan holda, vazirlik tarjima jarayonlariga malakali mutaxassislarni taklif qilmoqda.

Agar Siz mazkur jarayonga öz hissangizni qöşiş istagida bölsangiz, quyidagi havola orqali öz haqingizda maʼlumotlarni yöllaşingizni söraymiz:

👉 https://forms.gle/vrhXSZa8XxDgMxZ47

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek