Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslariga qabul
❓Qaysi yönalişdagi oliy maʼlumot egasi 6 oy öqib, yurist bölib işlaşi mumkinligini bilasizmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-sonli qarori bilan Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida oliy maʼlumotli şaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslari taşkil etilgan.
♻️ Mazkur kurslar davlat organlari va boşqa taşkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib boriş uçun yetarli darajadagi bilim berişni nazarda tutadigan oliy taʼlimdan keyingi öqitiş şakli hisoblanadi.
Kurslarda öqiş uçun quyidagi 79 ta oliy taʼlim yönalişidan birini tamomlagan şaxslar hujjat topşirişi mumkin.
🔰 Tinglovçilarni qabul qiliş Toşkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadigan örinlar miqdoridan kelib çiqqan holda va suhbat natijalariga köra amalga oşiriladi.
⚠️ Kurslarda taʼlim oliş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Kontrakt qiymati ayni paytda 10 mln söm etib belgilangan.
Öquv jarayonlari 6 oy davom etadi. Öqitiş asosiy iş joyidan ajralgan holda taşkil etiladi.
❗️Kurs yakuni böyiça tinglovçilarga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ayni damda kurslarga qabul davom etmoqda.
Hujjatlarni qabul qiliş 2020-yilning 2-31-oktabr kunlari qabul.centertsul.uz sayti orqali elektron şaklda amalga oşiriladi.
Qöşimça maʼlumotlar uçun: +998712332214
Izoh: qonunçilikka köra, davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsulti lavozimida TDYUU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida yuridik mutaxassislik böyiça qayta tayyorlaş kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan şaxs işlaşi mumkin. Ammo bu qayta tayyorlaş kurslari oliy yuridik taʼlim talab etiladigan lavozimlarda (masalan, sudya, prokuror, tergovçi va h.k) işlaş huquqini bermaydi.
👉 @xushnudbek 👈


