Yuridik sohada qayta tayyorlaş kurslariga qabul boşlandi
⚡️Ajoyib imkoniyat!
Yuridik sohada işlamoqçi bölganlarga qulay imkoniyat.
Vazirlar Mahkamasining 14.06.2018-yildagi 453-son qarori bilan Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslari taşkil etilganligi töğrisida oldin ham yozgandim.
Hukumatning yangi 6.04.2021-yildagi 189-son qarori bilan endi barça oliy maʼlumotli şaxslar 6 oylik qayta tayyorlaş kurslaridan ötib davlat organlari va boşqa taşkilotlarning yuridik xizmatida hamda FHDY (ZAGS)da işlaşlari mumkin böldi.
Eʼtiborlisi, hozirda mazkur qayta tayyorlaş kurslarining masofaviy şaklda (işdan ajralmagan holda) taşkil etiladigan yönalişiga qabul jarayonlari boşlanib 26-mayga qadar davom etadi.
Kurslarga hujjatlarni topşiriş qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oşirilmoqda.
Kurslarning qabul kvotasi 75 nafar (50 nafar özbek guruhiga, 25 nafar rus guruhiga) bölib, taʼlim oliş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Kontrakt qiymati ayni paytda 10 mln. söm etib belgilangan.
Kursda öqiş istagini bildirgan talabgorlar suhbat asosida öqişga qabul qilinib, kurs yakunida davlat namunasidagi diplomga ega böladilar.
❗️Qöşimça maʼlumotlar uçun:
@professionaltrainingcenter
+998 71 233 22 14
centertsul.uz


