Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini oʻrnatdi
Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini örnatdi
Keça poytaxtimizda oğir atletika böyiça Osiyo çempionatining erkaklar örtasida -109 kg vazn toifasidagi bellaşuvlarda hamyurtlarimiz Ruslan Nurudinov 🥇oltin, Akbar Jörayev 🥈kumuş medalni qölga kiritdi.
Siltab kötariş maşqida Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo çempionligini qölga kiritiş qatori yangi jahon rekordini örnatişga muvaffaq böldi. Bronza medalini qölga kiritgan xitoylik Yang Çje esa dast kötariş maşqida 200 kg toşni böysindirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi.
Oğir atletika, Osiyo çempionati:
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (Özbekiston) – 429 (188 + 241) kg
2. Akbar Jörayev (Özbekiston) – 428 (194 + 234) kg
3. Yang Çje (Xitoy) – 415 (200 + 215).
Foto: Alimurod Mamadaminov, ÖzA
📸 Töliq fotoreportaj
👉 @xushnudbek 👈


