Yuridik qayta tayyorlaş kurslari böyiça savollarga javoblar
Keçagi yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kursi böyiça xabardan keyin bir qança savollar kelib tuşdi. Ularni umumlaştirib, imkon qadar javob berişga harakat qilaman.
1. Qayta tayyorlaşdan ötgandan söng, qayerlarda yurist bölib işlaş mumkin?
Aniq bilmadim. Gap şundaki, bu xabar “Huquqiy axborot” kanalida eʼlon qilindi, u yerda esa qisqa maʼlumotlar yozilgan. Batafsil maʼlumotni Hukumatning tegişli qarorini körgandan söng oliş mumkin. Hozirça qarorning rasmiy matni eʼlon qilingani yöq.
Korxona va taşkilotlarda yurist bölib işlaş mumkin, degan xulosani esa, mantiqan öylab, özim yozdim. Adliya bergan maʼlumotda bu haqida heç narsa deyilmagan. Lekin mantiqan olib qaraganda, 6 oy kontrakt tölab, iş joyidan ajralib öqib, diplom olsayu, lekin biror joyda yurist bölib işlay olmasa, kim ham öqirdi. Şunga köra, işonç bilan şu xulosani berdim.
Menimça, qayta tayyorlaşdan ötganlar oliy yuridik maʼlumot talab qilinadigan barça joyda işlay olmasa kerak. Masalan, sudya, prokuror, tergovçi, advokat yoki hattoki notarius ham böla olmasa kerak. Yana ham “tong otsin” (qaror eʼlon qilinsin) hammasini köramiz.
2. Qayta tayyorlaş kursida öqigan tinglovçilarga yakunda qanday hujjat beriladi: sertifikatmi yoki diplom?
Diplom beriladi.
3. Kontrakt tölovi qança böladi?
Bilmadim, bu haqida maʼlumotga ega emasman. Balki bakalavrlarning 1 yillik kontrakt puli bölar (9 mln 850 ming). Yoki 6 oyligini hisobga olib, şuning yarmi bölar (4 mln 925 ming). Bu tez orada Universitet tomonidan eʼlon qilinsa kerak.
4. Bir yilda neça kişi qabul qilinadi?
Albatta, istalgança qabul bölmaydi. Har safar maxsus kvota belgilanadi. Kvotani Toşkent davlat yuridik universiteti Kengaşi belgilaydi. Hozirça neçta joy ajratilişi haqida menda maʼlumot yöq.
Va yana ilk qabul qaçon boşlanadi, imtihonda qanday savollar beriladi, yuridik sohaning qaysi yönalişlari böyiça tayyorlanadi, bular haqida ham maʼlumotga ega emasman.
Qisqa qilib aytganda, “Huquqiy axborot” kanalida berilgan qisqa maʼlumotdan taşqari heç narsani bilmayman. Qolganini rasmiylarning özlari aytişadi. Kutib turişni maslahat beraman.
Lekin masalaning eʼtiborli tomoni şundaki, mazkur tayyorlaş kursida öqimoqçi bölganlar, asosiy iş joyidan işdan böşaşiga töğri kelişi mumkin. Sababi qarorda "asosiy iş joyidan ajralgan holda" deyilgan ekan. Öz hisobidan taʼtil olmoqçi bölsa ham Mehnat kodeksi böyiça maksimum 3 oygaça mumkin. Bundan kelib çiqadiki, uşbu kursda öqimoqçi bölganlarni iş beruvçi işdan böşatişga majbur bölib qoladi yoki atayin "böşaysan" deb turib oladi.
Şunga aniqlik kiritib ketilsa yomon bölmasdi. Masalan, işini yarim stavkaga ötkazib, kunning birinçi yarmida öqişda, ikkinçi yarmida işda bölsa, yoxud agar öqişlar kun davomida bölsa, unda keçki smenada işlasa mumkin böladimi yoki yöqmi, mana şu masalalarga ham izoh berib ketilsa köpçilikka foydali bölardi. Çunki 6 oylik öqişni deb, asosiy iş joyidan ayriliş kerak bölsa, köpçilik xohlasa ham öqiy olmasligi mumkin. Xudo biladi, öqişni tugatib qaytib borsa, yana qayta işga olişadimi, yöqmi. Heç kim bunga kafolat bermaydiku.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3
