Qaşqadaryoda AQŞ fuqarosi Zokir Aliyev DXX tomonidan uşlandi
Manba:Daryo — LIVE
Qaşqadaryoda militsiya amerikalik biznesmenni qölga oldi, deyişdi. Militsiya bu xabarlarni yolğon, dedi. Töğri, uni militsiya emas, DXX qölga olgan
17-iyun kuni «Sof.uz» naşri asli özbekistonlik AQŞ fuqarosi, tadbirkor Zokir Aliyev Qaşqadaryoning Çiroqçi tumanidagi ota uyida Qarşi şahridan kelgan militsiya xodimlari tomonidan uşlanib, olib ketilgani haqida xabar bergan. Qayd etişlariça, uning 90 kunlik vizasi bölgan, Toşkentdan Çiroqçigaça heç bir tösiqqa uçramay borgan.
Bugun, 18-iyun kuni, «Xabar.uz» Qaşqadaryo viloyati içki işlar organlari bilan boğlanib, viloyatda amerikalik tadbirkor qölga olingani haqidagi xabarlar rad etilayotganini xabar qildi. Rosti, qaşqadaryolik militsionerlar avvaliga gap nima haqida ekanini ham tuşunmagan. Kamida uçta qönğiroqdan söng «bu yolğon» degan gap aytilgan.
Oxir-oqibat hammasiga Davlat xavfsizlik xizmatiga asoslanib ÖzA aniqlik kiritdi: Zokir Aliyev haqiqatan ham 16-iyun kuni Çiroqçida qölga olingan, lekin militsiya emas, balki DXX tomonidan qölga olingan. Sababi — Zokir Aliyev «Özbekiston islom harakati»ga aloqadorligi uçun qidiruvda bölgan. Yozişlariça, u «noqonuniy faoliyatiga iqror ekani töğrisida körsatma bergan».
Xabar berişlariça, u 2000-yili «Özbekiston islom harakati»ga sodiq bölişga qasamyod qilgan, Afğoniston hududida jangovar tayyorgarlikdan ötib, Afğoniston hukumat kuçlari va AQŞ boşliq aksilterror koalitsiya kuçlariga qarşi kuraş olib borgan. 2014-yili esa AQŞ fuqaroligini olgan.
Qayd etişlariça, unga nisbatan jinoiy iş DXX (aniqroği, sobiq MXX) tomonidan 2005-yiliyoq oçilgan... Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida Zokir Aliyevga 90 kunlik viza beriş çoğida bu haqda bilmagan bölişlariga işoniş qiyin, albatta.
Aytmoqçi, Zokir Aliyev biznesmen körinişida Özbekistonga qaytişga uringan gumonlanuvçilarning birinçi emas. Avvalroq Dubayda zirhli avtotransport işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Özbekistonning sobiq fuqarosi ham vatanda korxona oçiş istagi borligini bildirgani aytilgan, biroq keyinroq OAVlarda uning baʼzi jinoiy işlarga aloqadorligi haqida xabarlar çiqqandi.


