Jahon çempionati translyatsiyasi va mualliflik huquqi

Matn17-iyun, 2018, 16:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Köpçilik UzReport va Futbol TV telekanallarining Jahon çempionati öyinlarining translyatsiyasi bilan boğliq siyosati haqida izoh söraşmoqda.

Yaʼni yuqoridagi telekanallar Jahon çempionati öyinlarini töğridan-töğri translyatsiya qiliş böyiça eksklyuziv huquqni sotib olganligi sababli, öyin paytida Rossiya telekanallari öçirib qöyilmoqda yoki UzReport va Futbol TV çastotalariga ulab qöyişyapti. Bu qançalik töğri?

Fikrimça, bu mualliflik huquqi töğrisidagi qonunlar böyiça töğri qaror. Albatta “mualliflik huquqi”ning qadri pista pöçoqdan sal balandroq köriladigan bizning jamiyatda buni tuşuniş uçun bir neçta çempionatlarni ötkazişimizga töğri keladi. Lekin aççiq bölsada, tan oliş kerak.

UzReport Özbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya huquqini sotib olgan. Buning uçun yaxşigina pul tölagan. Bunday huquq doim hududlar kesimida sotiladi. Yaʼni butun dunyo uçun degan tuşunça yöq. Masalan, BBC yoki Al Jazeera sotib olmoqçi bölsa, aynan qaysi davlatlar hududida translyatsiya qilmoqçi ekanligini oldindan körsatadi va şunga yaraşa pul tölaydi. Garçi 100 dan oşiq mamlakatda BBC körsatsa ham, agar ular litsenziyani faqat Buyuk Britaniya hududi uçun olgan bölsa, tamom, Fransiyada körsata olmaydi masalan.

Mana bu link orqali qaysi davlatda qaysi mediakompaniyalar translyatsiya huquqiga egaligi haqida rasmiy hujjat bilan tanişişingiz mumkin. Örta Osiyo davlatlari uçun (Qozoğistondan taşqari) Saran Media International Ltd. kompaniyasi huquq egasi hisoblanadi.

Endi boşqa masala. Xöp, UzReport Özbekiston uçun sotib olibdi. Körsataversin, lekin Rossiya kanallarini nega öçiradi?

FIFA reglamentida huquq egasi öz hududida huquqqa ega bölmaganlarning translyatsiyasini töxtatişni talab qilişga haqli. Buning uçun tegişli davlat organlariga murojaat qiliş yetarli.

Eʼtibor bering, bu yerda UzReport faqat men körsataman Özbekistonda deb söramayapti. Bunaqa söraşga haqqi yöq. Ularning talabi Özbekiston hududida ruxsati borlargina körsatilsin. Yaʼni boşqaça aytganda, masalan, Sport yoki Zo’rTV ham translyatsiya huquqini sotib olsa, marhamat, bemalol körsatişi mumkin, bunga UzReport qarşilik qilolmaydi.

Va yana bir jihati eksklyuziv huquq faqat töğridan-töğri translyatsiyaga tegişli. Yozib olingan “povtor” efirlarga taqiq yöq. Masalan, ayrim körolmay qolgan öyinlarni ertasi kuni “Matç TV”dan köryapman, heç kim öçirib qöygani yöq.

Ijtimoiy adolat haqida 2 oğiz. Özimizning “Sport TV” ham bir marta şunaqa litsenziya sotib olgandi va kafelarda rosa qirğin böluvdi. Öşa paytda şarh faqat özbek tilida edi. Rusça şarhdan umid qilmasa ham bölardi. UzReport şu narsaga ham eʼtibor qaratgan va ham özbekça, ham rusça şarh mavjud. “Davlat tilini bilmaysanmi?” deb ödağaylayotgani yöq. Tanlaş uçun imkoniyat beryapti.

Xullas, şunaqa gaplar. Toki birbalonuqtauz saytidan qaroqçilik bilan olingan istalgan kino, qöşiq va klipni köçiriş biz uçun oddiy hol sifatida qaralişda davom etar ekan, UzReport va şu kabi mualliflik huquqi böyiça iş olib boradigan kompaniyalarga doimiy toş otilaveradi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek