UZREPORT TV mualliflik huquqlari böyiça Beelineni sudga berdi

Matn25-may, 2021, 14:431 daqiqa0 koʻrish

​​UZREPORT TV mualliflik huquqlarini himoya qilib, «Beeline»ni sudga berdi

UZREPORT TV telekanali sudga murojaat qilişining sababi, “Unitel” MÇJ (“Beeline” savdo belgisi) kompaniyasi öziga tegişli bölgan “Beeline TV” mobil ilovasida UZREPORT TV bilan şartnoma tuzmasdan UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini namoyiş qilib, moddiy manfaat körib kelmoqda.

Mazkur harakatlari bilan “UNITEL” MÇJ UZREPORT TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda, deb hisoblaydi telekanal.

Xabarda aytilişiça, UZREPORT TV tomonidan bir neça bor ogohlantirilişiga qaramasdan, “Unitel” MÇJ kompaniyasi yuqorida körsatilgan xatti-harakatlarini bartaraf etiş yuzasidan çora körmagan.

UZREPORT TV suddan “Unitel” MÇJ kompaniyasi “Beeline TV” mobil ilovasida UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini şartnoma tuzmasdan namoyiş etmaslikni söragan.

Maʼlumot uçun:

UZREPORT TV (FUTBOL TV) futbol böyiça Yevropaning bir qator milliy çempionatlari (APL, La liga, Italiya A seriyasi), Yevropa Çempionlar ligasi, Yevropa ligasi, şuningdek, Jahon va Yevropa çempionati kabi bir qator musobaqlarning Özbekiston böylab eksklyuziv translyatsiya huquqi egasi hisoblanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek