Usmon Azim Sanjayni mualliflik huquqi böyiça sudga berdi
Xalq şoiri Usmon Azim «Karvon» şeʼrini roziligisiz ijro etgan Sanjayni sudga berdi. Jörayevlarning bunga aloqasi yöq
Mualliflik va turdoş huquqlarni himoya qiliş jamiyatining xabar berişiça, Sanjar Djavberdiyev (Sanjay) ismli şaxs xalqimiz orasida maşhur bölgan “Karvon” nomli şeʼrni Özbekiston xalq şoiri Usmon Azimovning roziligisiz va heç bir kelişuvsiz ijro etgan.
Şunga köra, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza berilgan. Agentlik Sanjayga nisbatan mualliflik huquqini buziş böyiça maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirib, Jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudiga yuborgan.
Sanjay ijro etgan “Karvon” qöşiğiga Şerali Jörayev va uning farzandlari tomonidan heç qayerga heç qanday şikoyat berilmagan.
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi «Jörayevlar “Karvon” qöşiği uçun sudga berdi», degan gaplar yolğon.
P.S.: bu mavzudagi xabarlardan doim xursand bölaman. Çunki bizda mualliflik huquqiga hurmat öta rasvo. Odamlar birovning haqqiga juda yengil qaraydi. Bu qaçondir özgarişi kerakku.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
