Nogironligi bölgan şaxslar uçun imtiyozli grant natijalari
Diqqat, yangilik!
DTM saytida Nogironligi bölgan şaxslarni imtiyozli ravişda qöşimça 2% li davlat granti asosida öqişga qabul qiliş natijalari eʼlon qilina boşlandi.
Rasmlarga etibor bersangiz, XXX876 raqamli javoblar varaqasini yeçgan abituriyent dastlab 74,4 ball töplab kontraktga kirgan.
Bugun qayta tekşirilganda uşbu abituriyent davlat grantiga qabul qilingani maʼlum qilinmoqda. Izoh sifatida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori keltirilgan. Uşbu qarorda aynan OTMlarga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça davlat granti kvotalari asosida öqişga qabul qiliş tartibi belgilab berilgan.
Demak, uşbu abituriyent 2% li qöşimça davlat grantiga qabul qilingan va endi kontrakt tölamaydi, byudjetda öqiydi.
Qabul komissiyasiga nogironlikni tasdiqlovçi hujjatni ham qöşib topşirgan barça abituriyentlar results2018.dtm.uz sayti orqali grantga kirgan yoki kirmaganini tekşirib olişi mumkin. Sizlarga omad tilayman!
Quyidagilarga eʼtibor beriş kerak:
1) Abituriyent kamida 56,7 ball töplagan bölsagina uşbu imtiyozdan foydalaniş huquqini qölga kiritadi;
2) Nogironligi bor degani albatta grantga kiradi degani emas. Bunda 2% lik kvota muhim örin tutadi. Masalan, jami 100 ta talaba qabul qiladigan yönalişda 2 ta kvota ajratiladi. Uşbu yönalişga jami 5 nafar nogironligi bölgan şaxslar hujjat topşirgan deylik. Bunday vaziyatda öşa 5 nafarning barçasi grantga qabul qilinmaydi, ular orasida eng köp ball olgan 2 nafari byudjetga tavsiya etiladi. Qolgan 3 nafar şaxslar esa umumiy tartibda tanlovda qatnaşadi. Yaʼni agar özini sof olgan bali kiriş uçun yetarli bölsa, kiradi, kiriş uçun yetarli bölmasa, talabalikka qabul qilinmaydi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
- 👍 3


