Nogironligi bor abituriyentlar uçun imtiyozlar va muammolar
❗️Nogironligi bor abituriyentlar diqqatiga
Qonunçilikka köra, 1 va 2-guruh nogironlari uçun öqişga kirişda tegişli imtiyoz beriladi, aniqroği ular uçun umumiy kvotaning 2%i miqdorida davlat granti uçun alohida joy ajratiladi.
Nogironligi bor şaxslar uçun qöşima kvota mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/10119
Ammo ayrim nogironligi bölgan şaxslar DTM saytida röyxatdan ötgan paytda ularning nogironligini tasdiqlovçi maʼlumot körinmayotgan ekan. Bu esa ularning alohida kvota böyiça tanlovda qatnaşişiga tösqinlik qiladi. Abituriyentlar DTM saytida nogironligi borligini özlari körsata olmaydi, anketada bunaqa band yöq.
Mazkur masalaga aniqlik kiritiş uçun tegişli mutasaddilar bilan boğlandik. Ularning maʼlumot berişiça, hozirda maksimal darajada barça nogironligi bölgan şaxslarning maʼlumotlari DTM bazasiga kiritilgan. Faqat maʼlumotlarni elektronlaştiriş çoğida ayrim şaxslarning maʼlumotlari qolib ketgan bölişi mumkin. Agar nogironligi bor şaxslar murojaat qilgan taqdirda ular tezda muammoni bartaraf etişlarini maʼlum qildi.
Şu sababli biz markazlaşgan holda nogironligi bor şaxslarga yordam beriş maqsadida maxsus anketa tayyorladik.
❗️Agar qaysi abituriyentning nogironligi borligi haqidagi maʼlumot DTM saytida körinmayotgan bölsa, quyidagi anketani töldirişingizni söraymiz, biz tezda mutasaddi şaxslarga buni yetkazamiz va muammongizni hal qilişga kömaklaşamiz.
Anketani töldiriş:
📲 https://forms.gle/E3b9cxhv2wMwMCVZ8
ℹ️ uşbu anketa faqat DTM saytida röyxatdan ötgan hamda imtiyozlar bölimida nogironligi borligi haqida maʼlumot körinmayotgan abituriyentlar uçun möljallangan.
👉 @xushnudbek 👈

