Temir daftardagi oilalar farzandlari uçun imtiyozlar
❗️“Temir daftar”dagi oilalarning farzandlari kontraktga öqişga kirsa, 1-kursda kontrakt tölamaydi
Prezidentning 13-iyuldagi yoşlarga oid Farmoniga binoan:
➖ 2021-yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoşgaça bölgan har bir farzandi uçun Davlat byudjeti mablağlari hisobidan 500 ming söm miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan farzandlariga 2021/2022 öquv yilida birinçi öquv yili uçun tölov-kontraktning töliq summasi Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi;
➖ “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga yangi turmuş qurayotganida öz xonadonida qöşimça uy-joy qurişi uçun 33 million sömgaça garovsiz kredit ajratiladi;
➖ yoş oilalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş maqsadida ipoteka dasturi doirasida boşlanğiç badal va foiz tölovlari böyiça qöşimça 2 mingta yoş oilaga uy-joy sotib olişi uçun subsidiya ajratiladi.
Farmonning töliq matni:
http://uza.uz/posts/284718
👉 @xushnudbek 👈

