Harbiylar farzandlari uçun imtiyozli natijalar eʼlon qilindi

Matn17-avgust, 2018, 16:571 daqiqa0 koʻrish

​​Yana bir xuşxabar!

Nogironligi bölgan şaxslar bir qatorda harbiylarning farzandlari uçun ham natijalar eʼlon qilindi.

2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli Prezident qaroriga binoan alohida 5% li davlat granti kvotasi asosida harbiy xizmatçilarning farzandlarini qabul qiliş belgilangan edi.

Bugun öşa imtiyoz böyiça öqişga kirganlar röyxati ham eʼlon qilindi.

Siz suratda Yuridik universitetda davlat granti asosida qabul qilingan 31 nafar harbiylarning farzandlarining röyxatini körib turibsiz. Eʼtibor bersangiz, 68,2 ball olgan abituriyent uşbu imtiyoz asosida ham davlat granti asosida Yuridik universitetga öqişga qabul qilingan.

Agar Siz ham harbiylarning farzandlariga beriladigan maxsus tavsiyanoma bilan hujjat topşirgan bölsangiz, unda results2018.dtm.uz sayti orqali grantga kirgan yoki kirmaganini tekşirib olişi mumkin. Sizlarga omad tilayman!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek