TDYUU talabalari uçun taʼlim granti eʼlon qilindi

Matn1-dekabr, 2020, 10:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Metsenat.uz: Toşkent davlat yuridik universiteti talabalari uçun taʼlim granti eʼlon qilindi

Rivojlangan davlatlarda taʼlimga metsenatlik qiliş alohida madaniyat sifatida şakllangan. Gigant kompaniyalardan tortib örtamiyona tadbirkorlargaça, katta amaldorlardan tortib oddiy işçilargaça ilm-fanni qöllab-quvvatlaşga harakat qiladi. Ayniqsa ğarbda özi öqigan oliygoh uçun mablağ ajratiş anʼanasi keng tarqalgan. Universitetlar topayotgan daromadning katta qismini aynan muvaffaqiyatga erişgan bitiruvçilari ajratadigan metsenatlik mablağlari taşkil qiladi.

Misol uçun, agar yodingizda bölsa Yuriy Dud AQŞdagi Kremniy vodiysi haqida tayyorlagan filmida Stenford universitetida öqigan şaxslar har yili universitetga 1 mlrd dollar atrofida metsenatlik yordami körsatişini aytgan edi.

Balki ularning rivojlangan davlat ekanligining sabablaridan biri ham aynan taʼlimga mablağni ayamasligidadir, kim bilsin.

Bizning jamiyatda ham metsenatlik faoliyati madaniyatga aylanişini orzu qilaman. Metsenat.uz loyihamizning asosiy maqsadi ham şu aslida.

Töğri, hozirça millionlab dollar mablağ ajratişga qurbimiz yetmaydi. Ammo imkonimiz yetganiça, özimiz orzu qilgan madaniyatga kiçik örnak böliş niyatida Toşkent davlat yuridik universitetining talabalari uçun taʼlim granti eʼlon qildik. Çunki şu dargohda ilm oldim, hayotdagi neki natijalarga erişmay, barçasida uşbu oliygohda menga taʼlim bergan ustozlarimning katta hissasi bor. Alloh rozi bölsin ulardan.

Şu sababli Yuridik universitet talabalari uçun grant eʼlon qilişni maʼqul deb bildim. Grant miqdori 3 mln sömdan va 10 nafar ğolib talabalarga beriladi (jami 30 mln söm).

Ğolibni tanlaşda talabaning özlaştirişi, ijtimoiy hayotdagi faolligi, taşabbuskorligi inobatga olinadi. Şuningdek, nomzodlar teng darajada bölsa, ijtimoiy kam taʼminlanganligiga qaraladi.

Arizalar 14-dekabrga qadar Metsenat.uz saytida qabul qilinadi.

Grant mablağlari XushnudbekUz telegram kanalida joylaştirilgan reklamalardan tuşgan mablağlar hisobidan qoplanadi.

Maʼlumot uçun: bu Metsenat.uz loyihasida eʼlon qilingan ikkinçi grant. Birinçisida Yoşlar işlari agentligi, Yoşlar ittifoqi va “Mehrli qöllar” xayriya fondi 400 mln sömlik grant eʼlon qilgandi. Yaqin kunlarda yana 3-4 ta metsenatlarning grant va stipendiyalari eʼlon qilinişi kutilmoqda.

Metsenat.uz saytini yoki @metsenatuz, @urfon kanallarini kuzatib boring.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek