Özbekiston xorijlik fotograf Matilde Gattoni nigohida
«Özbekiston - xorijliklar nigohida» ruknidan: 2002-yilgi umid va 2019-yilgi natija
Keça Instagram'ning rasmiy sahifasiga italiyalik fotograf Matilde Gattoni tomonidan olingan Toşkent fotosurati joylanganini körgan bölsangiz kerak.
1974-yili Milanda tuğilgan uşbu fotograf ijtimoiy reportajlari bilan ança maşhur ekan. Uning suratlari Time, The Financial Times, Der Spiegel, The Observer, The Guardian kabi naşrlarda berib borilar ekan.
Matilde Gattoni ilk marta 2002-yilda Özbekistonga safar qilib, olgan suratlari asosida pokistonlik jurnalist Ahmed Rashid bilan hamkorlikda «Uzbekistan, 10 years after independence» deb nomlangan kitob çiqargan ekan. «Uşbu kitobda Özbekistonning SSSRdan mustaqillikka erişgaç tutgan ijtimoiy yöli va Markaziy Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylaniş kelajagi tasvirlangan» deyiladi Jahon fotograflar taşkilotining xabarida.
Matilde Gattoni 2019-yilning mart oyida yana bir bor Özbekistonga kelibdi. Ammo eng qiziği 17 yil oldin «kelajakda Markaziy Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biri böladi» degan fotograf, 2019-yildagi Toşkentdan tayyorlagan reportajiga «Markaziy Osiyoning Pxenyani» deb nom beribdi (maʼlumot uçun: Pxenyan şahri Şimoliy Koreya poytaxti). Yaʼni Toşkentni Pxenyanga, Özbekistonni Şimoliy Koreyaga qiyoslagan.
Jumladan, u fotoreportajlariga quyidagiça izoh bergan:
«Sönggi 28 yil içida Toşkent dunyodagi eng sirli va diktatura davlatlaridan birining poytaxti bölgan.
Özbekiston hukumati siyosiy raqiblarini muntazam taqib qildi, diniy arboblarni qamoqqa taşladi va yuz minglab fuqarolarni, şu jumladan bolalarni majburiy mehnatga yubordi. Mahalliy aholining mamlakatdan çiqib ketişiga yöl qöyilmadi, hukumat Ğarb qadriyatlari va çet ellik jurnalistlarning faoliyatini mutlaqo taqiqladi.
Uzoq muddat davlatni boşqargan rahbarning vafotidan keyin Özbekiston ehtiyotkorlik bilan zamonaviy dunyoga çiqa boşladi. Biz yangi siyosat yuritilişni boşlagaç, Toşkentga birinçilardan bölib yuborilgan muxbirlar böldik.
Biz safarimiz davomida önlab yillar davomida hukm surgan totalitarizm va şaxsga siğiniş yöqolib, odamlar erkinlikni tatib körişni boşlagan syurrealistik şahar hayotining guvohi böldik», deb yozadi italiyalik fotojurnalist Matilde Gattoni.
Mana şunaqa gaplar. Biz özimizni qanday baholaymizu (baholaganmizu), xorijliklar Özbekiston haqida qanday tasavvurga ega, bular ikki özga olam. Xalqaro imidjimizni yaxşilaş ustida hali oldinda bizni ançayin oğir mehnat kutib turibdi.
P.S.: suratda Toşkent haqida tayyorlangan fotoreportajdan lavha.
👉 @xushnudbek 👈


