Chiroqchida YPX xodimi mast bo‘lgani haqidagi gumonlar rad etildi

Matn12-yanvar, 2020, 21:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Çiroqçida jarimaga tortilgan YPX xodimining mast bölgani haqidagi gumonlar tasdiqlanmabdi

IIV YHXBBning Kun.uzga maʼlum qilişiça, voqea quyidagiça bölgan:

• Çiroqçi tumanidagi «Mikrokreditbank» röparasida örnatilgan 3.27 yöl belgisi talablariga amal qilmasdan maşinasini töxtatib turgan fuqarodan YPX xodimi hujjatlar taqdim etişni söraydi;

• haydovçi avtomobilni tegişli hujjatlarsiz boşqarib yurganini maʼlum qilgan;

• şundan söng YPX xodimi maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirgan va fuqaroning avtomaşinasi jarima maydonçasiga olib ketilgan;

• bu paytda YPX xodimi «Spark» rusumli şaxsiy avtomaşinasining «avariyka»sini yoqqan holda taqiqlangan joyda qoldirib ketgan;

• maşinasi jarima maydoniga qöyilganidan jahllangan fuqaro voqea joyiga qaytib kelgan va inspektorning avtomobilini körib, unga çora köriş kerak, deb töplangan olomonga murojaat qilgan va xodim şaʼniga har xil tuhmat gaplar yoğdirgan;

• söng YPX xodimining öziga ham maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan;

• «avariyka»sini yoqib ketgani uçun inspektorning maşinasida akkumulyator ötirib qolgani sababli evakuatorga ortib ketilgan;

• töplangan odamlar YPX xodimini spirtli içimlik içganlikda ayblab, videotasvirga olgan;

• lekin viloyat narkologiya dispanseri tomonidan ötkazilgan tekşiruvda inspektorning huşyor holda ekanligi aniqlangan.

Yuqoridagi voqealar rivoji Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining versiyasi, balki haydovçining özidan intervyu olinsa, umuman boşqaça voqeani sözlab berişi ham mumkin.

P.S.: oma lekin har safar videoni qayta körganimda, qölida telefon tutgan yuzlab olomonning reaksiyasi menga köproq qiziq tuyulyapti. Tomoşatalab şunça odam, şunça «kameraçi». Bu bir hisobdan juda yaxşi, yuqorida aytganimday jamoatçilik nazorati degani bu.

Ikkinçi tomondan bu ğalati, YPX xodimlarini olomon özining aşaddiy duşmaniday qabul qilmoqda (yillar davomida bunday tasavvur şakllanganiga ham faqat olomon aybdor emas).

Va uçinçi tomondan, şunça inson haşar yoki obodonlaştiriş bölsa, qöliga belkurak olib bir joyga yiğilarmikin?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek