TDYUU sessiya jarayonlarida jamoatçilik nazorati

Matn12-yanvar, 2020, 12:481 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sessiya yaqin. Jamoatçilik nazoratida iştirok etiş niyatingiz bormi?

Tez orada yurtimizdagi barça OTMlarda 1-semestr böyiça yakuniy nazoratlar boşlanadi. Taʼlim tizimidagi eng oğriqli muammolardan biri ham aynan şu yerda, yaʼni har yili OTMlarni bilimi past minglab talabalar turli yöllar bilan bemalol tugatib, diplom olib ketişmoqda.

Şu sababli OTMlardagi sessiya jarayonlarini tezroq korrupsiya va taniş-bilişçilikdan tozalab, şaffoflikni oşiriş kerak.

Bunda jamoatçilik nazoratining roli ham muhim.

Şunga köra, Toşkent davlat yuridik universiteti maʼmuriyati taşabbusi bilan jamoatçilik vakillaridan iborat köngillilar guruhi taşkil qilmoqçimiz.

2020-yilning 13–31-yanvar kunlari TDYUUda yakuniy nazorat kunlari (sessiya) bölib ötadi.

Yakuniy nazorat işlari talabalar tomonidan tegişli fanlar doirasida belgilangan auditoriyalarda, 2 kişidan kam bölmagan kuzatuvçi nazorati ostida 2 soat davomida yozma şaklda olib boriladi.

❗️Qadrli jamoatçilik, ota-onalar, OAV vakillari hamda blogerlar!

Marhamat, Toşkent davlat yuridik universitetidagi yakuniy nazorat jarayonlarini bevosita kuzatib boring hamda jamoatçilikni bu tizimdan xabardor qiling!

Mazkur jarayonda kuzatuvçi sifatida iştirok etiş istagida bölgan yoki jarayonlarni yoritmoqçi bölganlardan quyidagi havola orqali oldindan röyxatdan ötişlarini iltimos qilamiz:

https://forms.gle/QBHiiqaDmNTRb7ex5

Taʼlim jarayonida şaffoflikni taʼminlaşga yaqindan hamkorlik qilmoqçi bölgan OAV vakillari, blogerlar hamda fidoyi insonlarga minnatdorlik bildiramiz.
 
 
 👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek