Suv isteʼmoli va isrofi haqida ibratli hikoya

Matn11-yanvar, 2020, 22:101 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Feysbukda Mahfuza Ortiqova ismli foydalanuvçi suv isteʼmoli va isrofi haqida yaxşi post qoldiribdi, Sizga ham ilindim:

“Sovuq suvga hisoblagiçlar örnata boşlangan paytlar edi.

Hovlimizga ham örnatib ketişdi.

Buvimning hisoblagiç bölsa, bölmasa bir odatlari bölardi. Hammomga kimdir kirsa, beş daqiqadan keyin taqillatardilar tezroq çiq, suvni uvol qilma deb. Hovliga şlanka oldirmasdilar. Suvni uvol qilasanlar deb. Idişni suv oqizib yuvdirmasdilar. Toğorada yuvib, keyin çay, suvni uvol qilasan deb.

Suvga hisoblagiç örnatildi. Bir oydan keyin tekşiruvçi kelib, öşqira ketdi. Aylantirgansizlar, qöşningiz bir oyda ming kub işlatgan. Qanaqa qilib sizlarda hisoblagiç deyarli aylanmagan, deb.

Onam istaganingizça tekşiring. Biz haromdan hazar qilamiz dedilar. Qani vodoprovodingizni şarillatib oçing, deb hisoblagiçga tikildi. Onam şarillatib oçdilar.

Tekşiruvçi kelgandan bexabar buvim "qaysi biring suvni şunaqa oçding. Xudodan qörqmaysanlarmi" deb baqirib qoldilar

Tekşiruvçi pildiravolib, qoçgandi. Uzr, uzr deb.

Mana şunaqa dunyoqaraş yetişmaydi bugun odamlarimizga, Xudodan qörqiş, isrofdan qörqiş...”

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing