Suvni isrof qilmaslik uçun kiçik eksperiment
Siz buni qila olasizmi?
keçagi suv mavzusini davom ettirib
Uyidan vodoprovod suvi bemalol oqib turadigan, hurmatli yurtdoşlar!
Keling, bir eksperiment qilib köramiz. Har kuni erta tong va keçki payt
jömrakdan suvni oqizib qöymasdan, bitta stakan yoki piyolaga suv olib, öşa bilan tişlarimizni yuvişga odatlanamiz.
Buning ikkita yaxşi tomoni bor. Eng avvalo har kuni 2 mahal tişlarimizni yuvişga odatlanamiz, bu salomatligimiz uçun koni foyda (köpçilik bunga rioya qilsa kerak şundoq ham).
Ikkinçidan, suvni ortiqça isrof qilmaslik, kamgina suv bilan ham tişlarimizni bemalol yuviş mumkinligiga örganamiz.
Suvni isrof qilmaslik uçun uni qilaylik, buni qilaylik, deb mingta narsani sanaş ham mumkin, ammo keling, boşlanişiga şu oddiygina kiçik özgarişdan boşlay qolaylik. Qiyin emasku, töğrimi?
Özimizni mana şunday kiçik odatlar bilan tarbiyalab borsak ham yomon bölmasdi.
👉 @xushnudbek 👈
