Abdulla Aripov kommunal tölovlar masalasini tanqid qildi

Matn11-yanvar, 2020, 17:172 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Abdulla Aripov: «Kommunal xizmatlar uçun kör-körona maoşdan uşlab qolişga yöl qöyilmaydi»

Bugun, 11-yanvar kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida tabiiy gaz böyiça debitor qarzdorlikni kamaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Kun.uz manbasining xabar qilişiça, yiğilişda boş vazir Abdulla Aripov kommunal xizmatlar uçun maoşdan tölov uşlab qolinişi masalasiga töxtaldi.

«Şu vaqtgaça korxona-taşkilotlar xodimlarining maoşidan kommunal xizmatlar uçun oyma-oy mablağ uşlab qolingan. Öşa isteʼmolçi haqiqatan ham qarzdormi, yöqmi, bu birovni qiziqtirmagan. Buni yemagan somsaga pul tölaş, deyiş mumkin. Endi bunday holatga yöl qöyilmaydi.

Masalaning ikkinçi tomoni ham bor, albatta. Köplab hududlarda aholining kommunal tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmasligi natijasida juda katta qarzdorlik kelib çiqmoqda.

Masalan, Sayxunobod, Döstlik, Muborak, Ohangaron tumanlarida ahvol oğir. Isteʼmolçi öz vaqtida tölovni amalga oşirmayapti, tuman masʼullari, ayniqsa, MIB xodimlari ham muammoni bartaraf etişga şoşilgani yöq.

Şuning uçun tezroq elektron hisoblagiçlarga ötişimiz kerak. Aytaylik, 2019-yilda 2,5 millionta mana şunday zamonaviy hisoblagiçlar örnatilgan bölsa, joriy yilda yana 4,5 millionta hisoblagiçlar örnatilişi közda tutilyapti. Endi isteʼmolçi xuddi uyali aloqa uçun oldindan tölov qilgani kabi, tabiiy gaz yoki elektr energiyasiga ham şunday tölov qilsin. Şundagina ikki tomonda ham bugungidek sarsongarçilik holatlari kuzatilmaydi», - dedi boş vazir.

Videoselektorda kommunal tölovlardan qarzdorlik holati yuqori bölgan Sayxunobod hamda Döstlik tumani masʼullari ogohlantirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek