Abdulla Aripov energiya taʼminotidagi uzilişlarni tanqid qildi

Matn29-noyabr, 2019, 14:212 daqiqa0 koʻrish

​​​​​Boş vazir Abdulla Aripov — gaz va elektr taʼminotidagi uzilişlar haqida: «Bu şarmandali holat»

Boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida 28-noyabr kuni aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan taʼminlaşdagi muammolarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötgan.

Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan yiğilişda boş vazir sovuq tuşişi bilan isteʼmolçilarning elektr energiyasi va gazga bölgan talabi keskin oşişini aytib, hali qiş kirmasdan turib, energoresurslar taʼminotida öta jiddiy muammolar paydo bölgani, hatto metro va televideniyeda elektr energiyasi bilan yuz bergan noxuş holatlarni keskin tanqid qilgan.

«Bu şarmandali holat. Ommaviy axborot vositalari, internet-naşrlar va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda aholining haqli eʼtirozlari keng yoritilmoqda. Gaz va elektr energiya yetkazib beruvçilar öz işlariga maʼsuliyat bilan qaraşmayapti. Mutasaddi rahbarlar şunça salbiy holatlarga biron marta ommaviy axborot vositalari orqali tuşuntiriş yoki asosli javob bergani yöq.

Misol uçun, 27-noyabr kuni sutka davomida 110 kilovolt kuçlanişli 144 ta liniyada jami 300 martadan ortiq çeklov amalga oşirilgan. Uşbu liniyalarda 1,5 soatdan 5 soatgaça çeklov kiritilişi qançalik adolatga töğri keladi? Bu kabi holatlar natijasida aholi tomonidan nafaqat Energetika vazirligiga nisbatan, balki butun hukumatga nisbatan eʼtiroz paydo bölmoqda.

31 413 ta holatda elektr energiyadan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan, zarar miqdori esa 22 milliard sömni taşkil qiladi. Gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlari judayam köp. Natijada jabrini aholi köryapti», — deb aytgan boş vazir Abdulla Aripov.

Boş vazir, şuningdek, belgilangan reja asosida gaz isteʼmolçilarga yetib bormaganini qoraladi. Energoresurslar tejamkorligiga eʼtibor berilmayotgani, tuşuntiriş işlari samarali bölmayotganini tanqid qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek