Özbekistonda Yuristlar kunini belgilaş taklifi

Matn3-dekabr, 2018, 22:132 daqiqa0 koʻrish

TAKLIF: Özbekistonda «Yuristlar kuni»ni belgilaş kerak

Bugun baʼzi döstlarimiz meni yuristlar kuni bilan tabriklaşdi. Bizda bunaqa kun yöq ediku, deb hayron böldim. Keyin bilsam, bugun Rossiyada «Yuristlar kuni» ekan. 2008-yildagi RF Prezidenti farmoni bilan belgilangan va 10 yildan buyon keng nişonlanarkan.

2009-yildan buyon esa Rossiyada har yili 3-dekabr kuni «Yil yuristi» oliy yuridik mukofot topşirilar ekan. Bu oliy mukofot RF Prezidentining farmoni asosida taşkil etilgan.

Vikipediyaning aytişiça, rasman «Yuristlar kuni» Belorusda dekabrning birinçi yakşanbasida, Qirğizistonda iyun oyining oxirgi yakşanbasida, Moldaviyada 19-oktabr kuni, Ukrainada 8-oktabr kuni nişonlanarkan.

Hindistonda «Yuristlar kuni» 28-aprelda nişonlanadi.

2014-yildan buyon esa 25-oktabr - «Yevropa yuristlari kuni» etib belgilangan.

Va yana köplab davlatlarda bunday kunni uçratiş mumkin.

Lekin Özbekistonda hozirça «Yuristlar kuni» belgilanmagan. Töğri, köpçilik Konstitutsiyamiz qabul qilingan 8-dekabrni yuristlar bayrami deb öylaşadi, lekin aslida bu butun xalqning bayrami, kasbidan qatʼi nazar.

Yoki köpçilik maʼlum bir taşkilotlar bayramini yuristlar kuni deb, tasavvur qilişadi, masalan, içki işlar xodimlari kuni (25-oktabr), prokuratura xodimlari kuni (8-yanvar), davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni (5-aprel) va h.k. Lekin bu ham «Yuristlar kuni» hisoblanmaydi, çunki yuristlar faqat şu taşkilotlarda işlamaydi.

Şunga köra, imkoni bölsa Özbekistonda alohida «Yuristlar kuni»ni belgilaş maqsadga muvofiq bölar edi. Aynan qaysi kun, degan savolga hozirça menda biror taklif yöq. Tarixiy hujjatlarni titkilaş kerak buning uçun.

Yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlaştirişda vakolatli organ sifatida Adliya vazirligi şu haqida taşabbus körsatsa yaxşi bölardi (balki allaqaçon bu böyiça işlar olib borilayotgandir, kim bilsin).

Bu şunçaki taklif xolos.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek