Til masalasidagi çiqişlar yuzasidan bayonot

Matn5-may, 2019, 09:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Til masalasidagi çiqişlar yuzasidan bayonot

Bir guruh özini ziyoli deb atagan yurtdoşlarimiz rus tiliga rasmiy maqom berilişini sörab murojaat qilgani haqida xabaringiz bölsa kerak. Ularning bu çiqişini boşida jiddiy qabul qilmadim. SSSRda tuğilgan, öşa davrda esini tanigan, haligaça Leninni dohiy, Stalinni özining rahnamosi deb bilib, Amir Temurni kallakesar qaroqçi sifatida qabul qiladigan, ruslarni özining buyuk oğasi sifatida tan oladigan, umrida eplab özbekça gapirmagan 20 nafar atrofidagi yoşi keksa insonlarning bunday çiqişini nega ham jiddiy qabul qiliş kerak? Boz ustiga murojaat eʼlon qilingan Vesti.uz sayti Rossiya manfaatlariga xizmat qilişi barçaga maʼlum, avval ham provakatsion çiqişlar qilgandi.

Xullas, bularga aççiq qilib (yoki burgaga), körpa yoqmaslik, ularning provakatsiyasiga uçib jazavaga tuşmaslikni maʼqul körgandim. Lekin vaziyat tobora çigallaşib, öşa guruh vakillari xorijiy naşrlarga intervyular berib, hadlaridan oşişmoqda, yaʼni özbek xalqiga nisbatan hurmatsizlik qilişgaça borişmoqda.

Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatovning bayonotida taʼkidlanganidek, «Indamaslik - rozilik alomati» deb qabul qilişmoqda şekilli?

Yöq, aslo bunday emas! Bizning indamaginimiz azbaroyi ularni yurtdoşlarimiz sifatida hurmat qilib, ularning söz erkinligiga qarşi çiqmaganligimizdandir. Ammo bu ularning kulgili va mantiqsiz iddaolarini qöllab-quvvatlaymiz degani emas.

Ular unutmasinlarki, bu yurt va uning tili ruslargaça ham bölgan va ularsiz ham dunyo turgunça böladi, inşaalloh.

Ular unutmasinlarki, özbek tili şu millatning ğururi va iftixori erur hamda ularning millat şaʼnini yerga urişga yönaltirilgan bu çiqişlari farosatsizlik namunasidir.

Ular unutmasinlarki, Özbekistonda rus tilidagi muloqotlar, yozişmalar, munosabatlar bölişi xuddi qozoq, tojik, qirğiz, tatar va boşqa tillar bilan bölgani kabi, öşa millat vakillarini hurmat qilişimizdandir va bu özbeklar şovinist xalq emasligining namunasidir, ammo bu bağrikenglikni oyoq osti qilişlari noörindir.

Bu mening, özini Sizlar kabi ziyoli deb hisoblaydigan xalq vakilining sözlari.

Yana bir bor aytaman, biz Sizlarni vatandoşlarimiz sifatida hurmat qilamiz, sizlarning söz erkinligingiz uçun, fikr va xohişlaringizni erkin ifoda eta olişlaringiz uçun kerak bölsa jonimizni beramiz. Ammo bu huquqni suiisteʼmol qilişga, bu erkinlikni millatning ustidan kulişga yönaltirişingizni hazm qila olmaymiz. Azbaroyi şu sababligina mazkur bayonotni berişga majbur böldik.

Xuşnudbek Xudayberdiyev,
05.05.2019, Toşkent, Özbekiston.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek