Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston söz erkinligi reytingida 160-örinni egalladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:davletovuz

​​Özbekiston “Çegara bilmas muxbirlar” nohukumat taşkilotining söz erkinligi reytingida 53,52 körsatkiç bilan 160-öringa egalladi. Ikki yil oldin 169-örinda edik, ötgan yili esa 165-örinda.

Hisobotda özbek jurnalistlari sönggi ikki yilda majburiy mehnat va korrupsiya kabi dolzarb mavzularda yoza boşlagani, biroq media sohasida hali içki senzura kuçli ekani taʼkidlangan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov özining Facebook’dagi sahifasida yozişiça, bu — mamlakatda söz erkinligini taʼminlaş, jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş borasida qilinadigan işlar hali köp degani. Ommaviy axborot vositalarini himoya qilsak, dalda bersakkina ötkir mavzular qalamga olinadi.

Tojikiston reytingda ötgan yili 149-örinda edi, bu yil esa 161-örinda. Rossiya ham ötgan yilgiga nisbatan bitta poğona yöqotgan — 149-poğona. Qirğiziston esa reytingini 15 poğonaga yaxşilagan — 83-örin.

“Mazkur hisobot özimizga tutilgan oyna — söz erkinligi bölmagan yurtda rivojlaniş va taraqqiyot ham bölmaydi. Bugungi siyosat, bugungi islohotlar esa ana şu söz va matbuot erkinligiga çambarças boğliq”, deydi Komil Allamjonov.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ramazon mavʼizalari: Kibr haqida maʼruza

    040 daqiqa

Yana oʻqing