Konstitutsiyaga özgariş kiritiş va qonunlar oçiqligi masalasi
Konstitutsiyaga özgariş kiritilişi haqida savollarimiz bor
Senat raisi keça Konstitutsiyaga özgariş kiritiş masalasi haqida heç qanaqa gap yöq, bölsa, xalq bilan muhokama qilinadi, dedi.
Ammo blogerlar bu gaplarni osmondan olib gapirişayotgani yöq. Senatning rasmiy saytida navbatdagi yalpi majlisda “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqilişi eʼlon qilingan.
Lekin negadir bugunga kelib bu masala kun tartibida yöq deyilmoqda. Balki jamoatçilikning eʼtirozi sabab, olib taşlangandir, kim bilsin.
Ammo bizda boşqa savol tuğiladi.
Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev Konstitutsiyaga özgariş kiritiş masalasi haqiqatdan körib çiqilayotganini va bu sudlar tizimi hamda "qonun hujjatlari" atamasiga oid ekanligini maʼlum qilgandi.
Qonunçilik palatasining saytida ham sentabr oyida Konstitutsiyaga özgariş kiritişga oid qonun loyihasi muhokama qilingani aytilgandi.
Demak, Konstitutsiyaga özgariş kiritiş haqidagi qonun loyihasi allaqaçon Qonunçilik palatasida muhokama qilib bölingan. Lekin nima uçun birorta joyda bu qonun loyihasining matni yöq? Nega bu loyiha qonun hujjatlari muhokamasi portalida eʼlon qilinmagan? Jamoatçilikning fikri olinmagan?
Jamoatçilik bu qonun sirli qabul qilinmayotganiga işonişi uçun biror fakt bormi?
Mayli, boşqa savollarim ham bor:
❓Nega Qonunçilik palatasi va Senatning yalpi majlislari kun tartibi oçiq va batafsil eʼlon qilinmaydi? Faqat umumiy gaplar bilan axborot beriladi xolos.
❓Nega Qonunçilik palatasida muhokama qilinayotgan barça qonun loyihalarining matni saytda oçiq eʼlon qilinmaydi? Vaholanki «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining reglamenti töğrisida»gi Qonunning 15-moddasida birinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasining matni Qonunçilik palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinişi aytilgan.
❓Nega Qonunçilik palatasi qabul qilgan va Senatga yuborilgan barça qonunlar matni oçiq eʼlon qilinmaydi? Biz bilaylik, qanaqa qonunni deputatlar yubordiyu, Senat unga qanaqa özgariş kiritdi. Axir qonun loyihasining matnini eʼlon qiliş şunçalar qiyin işmi?
❓Nega Senat tomonidan maʼqullanib, Prezidentga imzolaş uçun yuborilgan qonun matni oçiq eʼlon qilinmaydi? Yana öşa gap: Senat maʼqullagan qanaqa qonunlar Prezidentga yuborilganini bilişga haqqimiz yöqmi?
Konstitutsiyaga köra, Senat tomonidan yuborilgan qonunlar 30 kun içida yoki imzolanişi, yoki rad qilinişi kerak. Ayrim qonunlar Senat maʼqullagandan keyin salkam 1 yil ötib imzolanganini ham köryapmiz. Mana şunaqa holatlarni jamoatçilik nazorati kuzatib borişi kerak emasmi?
Xullasi kalom, "sirli qonunlar" deganda yopiq eşiklar ortida qabul qilinayotgan maxfiy qonunlarni emas, balki jamoatçilikka oçiq va batafsil maʼlumot berilmasdan, faqat deputatlar va senatorlarning özi qabul qilib, maʼqullab yuborayotgan qonunlarni ham tuşuniş kerak. Buning uçun esa Parlamentda körilayotgan barça qonunlar matnini har bir bosqiçdan keyin oçiq eʼlon qilişni yölga qöyiş kerak. Bu qiyin iş emas, agar xohiş bölsa, albatta.
Şunda deputat va senatorlarning masʼuliyati yanada oşar edi.
Axir xalq qonunlar haqida qança köp maʼlumotga ega bölsa, şunça yaxşi emasmi?
👉 @xushnudbek 👈



