Özbekistonda mehnat huquqlari va dam oliş muammosi
Yaxşi dam - mehnatga hamdam
Ikki ötinçi haqidagi hikoyani eşitganmisiz?
Bir kuni ikki ötinçi örmonga ötin kesgani boribdi va kim köp ötin çopişga özaro musobaqalaşişibdi. Birinçi ötinçi köproq ötin çopiş maqsadida tanaffussiz, dam olmasdan işlabdi. Ikkinçi ötinçi esa, maʼlum vaqt işlagaç, biroz dam olar, keyin yana işini davom ettirardi.
Birinçi ötinçi raqibi tomondan ahyon-ahyonda boltaning taq-tuq ovozi jimib qolayotganini eşitib, quvonçi içiga siğmasdi. Kun oxirida ikkalasi natijani hisoblaşsa, ikkinçi ötinçining ötinlari ança köp emiş.
Birinçi ötinçi hayron bölib sörabdi:
- Qanaqasiga sening ötinlaring köp bölişi mumkin, axir sen dam olib, men esa tanaffussiz köproq işladim. Mantiqan olganda, mening ötinlarim köp bölişi kerak edi-ku!
Şunda ikkinçi ötinçi javob beribdi:
- Barçasi oddiy, dam olgan paytlarim boltamni çarxlab, ötkirladim, şu sababli natijam samarali böldi. Sen esa tinimsiz işlaganing uçun boltang ötmaslaşib qoldi, kun oxiriga borib, deyarli ötin çopolmay qolding.
Uşbu rivoyatdan köriş mumkinki, dam olişsiz işlaş har doim ham samara beravermaydi. Aksinça bu xodimlarning tinkayi madorini quritadi, iş sifatiga salbiy taʼsir körsatadi.
Afsuski Özbekistonda xodimlar, ayniqsa davlat taşkilotlarining işçilari mehnat qonunçiligida körsatilgan iş vaqtidan haddan taşqari ortiqça işlaydi.
• Har kuni soat keçki 11-12 gaça işlaş odatiy iş rejimiga aylanib qolgan.
• Agar işdan öz vaqtida, yaʼni soat 18:00-da ketsang, boşing baloga qoladi, kamida hayfsan olasan yoki işdan haydalasan.
• Tungaça olib ötirişganda qonunlarni unutişadiyu, lekin ertalab işga ozgina keç qolsang, darrov tartib va qoidalar esiga tuşib qoladi.
• 5 kunlik iş haftasini deyarli unutişgan, şanba - sözsiz iş kuni. Şanbani qöya turaylik, hatto yakşanba ham işga çiqiladi.
• Ortiqça iş uçun mehnat qonunçiligida qöşimça haq tölanişi körsatilgan, ammo bu faqat qoğozda.
Axir xodimlar robot emas, odamku! Hatto texnika ham uzluksiz işlatilsa, qizib ketadi va tez buziladi.
Yaqinda Reuters naşrida çiqqan maqolani öqigan bölsangiz kerak. Maqolada Özbekistonda davlat xizmatçilari kuniga 15 soatdan va dam oliş kunisiz uzoq yillar işlayotganligi, natijada ularda kuçli çarçoq va stress borligi, özbek amaldorlari uçraşuvlar paytida uxlab qolişlari haqida yozilgan.
«33 million aholiga ega sobiq sovet respublikasida hukumat işçilari orasida uzoq vaqt mobaynida şakllangan anʼana bor – ular öz boşliqlari ketmagunga qadar ofisni tark eta olişmaydi», – deyiladi xabarda.
Farzandlarimizning tarbiyasi yildan yilga yomonlaşib bormoqda, ularning öqişi, maʼnaviyati, saviyasi pasayib ketyapti, deya köp noliymiz. Buning eng katta sabablaridan biri otalar kun böyi işda, yarim tunda keladi, erta tongda ketadi, hatto dam oliş kunlari ham farzandlarining tarbiyasi bilan şuğullana olmaydi.
Yildan yilga ajrimlar köpaymoqda, notinç oilalar soni ortmoqda, xiyonatlar oddiy hol bölib qoldi, deb xavotir olamiz. Çunki erlar kun böyi işda, turmuş örtoqlariga tayinli vaqt ajrata olmaydi, oilasini biror joyga olib borolmaydi, dam oliş kunlarini oilasi davrasida ötkaza olmaydi, kerak bölsa bozor-öçarni ham xotin kişining gardaniga taşlab qöyişgan. Sababi er davlat xizmatçisi, uning oilasi uçun bir daqiqa vaqti yöq. Yarim tunda çarçab, sillasi qurib keladi, erta tongda uyqusirab, nonuşta ham qilmasdan ketadi.
Bunaqa şaroitda qanaqa tarbiya, qanaqa tinç-totuv oila haqida orzu qiliş mumkin?
Haddan taşqari köp işlaş kadrlar sifatiga jiddiy putur yetkazişini, bundan baribir samara bölmasligini, aksinça iş vaqtidan taşqari ortiqça sarflanayotgan resurslar davlatga faqat zararligini qaçon tuşunib yetamiz-a?
Mehnat huquqlari yetarliça taʼminlanmagan jamiyatning rivojlanişi qiyin. Çunki davlatning asosiy boyligi, rivojlanişning eng muhim poydevori – insonlar! Uyqusiragan va sillasi qurigan askarlar bilan jangda ğalaba qozonişning imkoni yöq.
Yaxşi kunlardan, ijobiy özgarişlardan umidvormiz.
P.S.: bugun, yakşanba kuni ham işga çiqqan xodimlarga salomlar bölsin!
👉 @xushnudbek 👈


