Davlat xodimlarining iş vaqti böyiça Prezident topşiriği

Matn4-noyabr, 2019, 13:462 daqiqa0 koʻrish

Prezident topşiriği: xodimlar şanba kuni 17:00-dan keyin işda qolmasin, yakşanba kunini oila davrasida ötkazsin

2 hafta oldin ötinçilarni misol keltirib «Yaxşi dam - mehnatga hamdam» degan post qoldirgandim. Unda köpçilikning dardi bayon etilgan şekilli, post 300 ming marta öqildi va 600 ga yaqin izohlar qoldirildi. Izohlar bir-biridan oğir, öqigan saring yiğlaging keladi. Birgina davlat işida işlaydigan xodimning turmuş örtoği «Öğlim boğçada örtoqlariga "mening dadam yöq", debdi» deya izoh qoldirganining özi butun vaziyatni röy-rost körsatib turibdi.

Mana şunday muhokamalar fonida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Prezident Şavkat Mirziyoyev barça davlat organi rahbarlariga keçki majlisbozliklarga çek qöyiş, davlat xizmatçilari, şu jumladan, rahbarlarning şanba kuni 17:00-dan keyin işxonada qolmasliklari, yakşanba kunlari esa töliq oila davrasida bölişni nazarda tutgan holda işlarni taşkil etiş bilan boğliq aniq körsatmalar bergani haqida 1-noyabr kuni xabar berdi.

Vazirlik xabarida, uşbu topşiriq qaçon va qayerda berilganiga aniqlik kiritilmagan. Bunday deyayotganimning sababi bor, albatta.

Xotiramiz qisqa. Xuddi şunaqa topşiriq ötgan yili avgust oyida ham berilgandi (surat pastda).

Şunga hayron bölib turibman, Prezident şu kunlarda yana bir bor avvalgi topşiriğini quyi böğindagi ijroçilarga jiddiyroq qilib qaytardimikin yoki vazirlik öşa ötgan yilgi topşiriqni yana bir bor eslatdimikin?

Ammo boşqa narsa ham qiziq, Prezidentning avvalgi topşiriği berilganiga ham 1 yildan köproq vaqt ötgan bölsada, joylarda bu topşiriq ijrosi deyarli taʼminlanmadi. Şanba-yakşanba kunlari iş vaqtida biror jiddiy sezilarli yengillik bölgani yöq. Albatta ayrim vijdonli rahbarlarining saʼy-harakatlari tufayli xodimlari normal mehnat şaroitlariga amal qilayotgan taşkilotlarni hisobga olmaganda.

Xodimlarini haq tölanmaydigan ortiqça iş vaqtida iş joyida bölişni talab etadigan, dam oliş kunlari ham işga çiqişga körsatma beradigan, xodimlariga öz vaqtida mehnat taʼtili bermasdan, xuddi robotdek işlatadigan rahbarlarni heç qanaqasiga oqlay olmayman, uzr. Vatanparvarlikni rökaç qilib, "dam olmasdan işlasak yurtimiz rivojlanib ketadi", degan asossiz vajlar bilan xodimlarini, yuqoridagilarni va özlarini aldaydigan mutasaddilar balki mamlakatimizning rivojlanişini ortga tortayotgandir, kim bilsin...

Mayli, köraylikçi, vazirlikning kutilmaganda bunday rasmiy xabar berişi bejizga emasdir balki. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim davlat taşkiloti rahbarlari va xodimlarining dam oliş kunini oilasi davrasida ötkazayotgani haqida post qoldirayotgani ham bejizga emasdir balki. Balki Şavkat Mirziyoyevning 1 yil oldingi uşbu topşiriğini yaqinda kadrlar masalasi böyiça Prezident maslahatçisi lavozimiga tayinlangan va zamonaviy dunyoqaraşga ega bölgan Şerzod Kudbiyev jiddiy nazoratga olişni boşlagandir, kim bilsin...

Yaşasak köraveramiz, yaxşi yangiliklardan umidvormiz...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ijod litsenziyalanişi kerakmi

    01 daqiqa

Yana oʻqing