Kelgusi yildagi 5 ta fan böyiça imtihon masalasi

Matn13-oktabr, 2019, 11:222 daqiqa0 koʻrish

Kelgusi yildagi 5 ta fan böyiça imtihon masalasida

DTM öz rasmiy kanalida kelgusi yildagi testlar haqida ayrim savollarga javob berişni boşladi. Ammo uşbu savol-javoblarda yangi gap yöq, Prezident qaroridagi bor maʼlumotni şunçaki qayta eslatişmoqda. Toki yangi tartibga oid hujjat rasman tasdiqlanmagunça yangi gap ayta olişmasa ham kerak.

Kelgusi yilgi test sinovlari haqida bizga quyidagilar maʼlum:

👉 kelayotgan yilda 5 ta fandan imtihon bölişi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. Yaʼni bu masala allaqaçon hal etilgan, faqat tartibi hozirça nomaʼlum xolos;

👉 5 ta fandan test bölişga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Şu paytgaça bölgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

👉 Prezident qarorida testlar ikki bölimga ajratilişi belgilangan, birinçi bölimda barça uçun majburiy uçta fan — ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi; ikkinçi bölimda yönalişga mos ikkita maxsus fan belgilangan;

👉 Qarorda ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili) deb körsatilganligi sababli, majburiy blokda adabiyot fanidan test savollari bölmaydi;

👉 Qarorda Özbekiston tarixi deb körsatilganligi uçun, majburiy blokda jahon tarixi fanidan test savollari bölmaydi.

Yuqoridagi maʼlumotlar tuşunarli, ammo asosiy savollarga abituriyentlar qaçon javob topişadi?

• majburiy blokda ötiş bali böladimi yoki uşbu uçta fandan neça ball olsa ham farqi yöqmi, umumiy 5 ta fandan töplagan bali hisobga olinadimi?

• maxsus blokda şundoq ham ona tili, matematika va tarix fanidan savollar böladigan yönalişlarda tartib qanday böladi? Ular 2 marta matematika, ona tili, Özbekiston tarixidan savollarga javob beradimi?

• ayrim yönalişlarda fanlar bloki özgarişi haqida gap-sözlar yuribdi, masalan yurisprudensiya yönalişida yana tarix asosiy fanga aylantirilişi mumkin ekan. Umuman olganda qaysi yönaliş qaysi fandan imtihon topşirişi qaçon aniq böladi? Axir abituriyentlar buni oldindan bilişi kerakku! Yoki ötgan yilgilarga öxşab, yana testga 1 oy qolganda maʼlum qilasizlarmi?

• qaysi darsliklardan test savollari tuzilişi qaçon eʼlon qilinadi yoki bu ham uzoq vaqt sir tutiladimi?

Testdagi şaffoflik deganda faqat hammayoqqa kamera qöyiş, katta pavilyonlarda test ötkaziş tuşunilmaydi. Eng avvalo şaffoflik deganda imtihonlarga oid barça zarur maʼlumotlar oldindan eʼlon qilinişi, abituriyentlar hamma savollarga oçiq-oydin javob topa olişi, heç narsa mavhum bölmasligi muhim.

Bizda esa ming afsuski eng muhim maʼlumot va jiddiy özgarişlarni testga kam vaqt qolganda eʼlon qilişadigan juda yomon odat bor. Bu abituriyentlarga nisbatan adolatsizlik ekanligini yoki tuşunişmaydi, yoki tuşunsa ham pinagini buzişmaydi. «Kerak bölsa könikadi» degan prinsipda yuradigandek tuyulişadi. Qani, köramiz, balki joriy yilda mana şu «kasallik»ka barham berilar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek