Özbekistonliklar iyun oyida neça kun dam olişadi

Matn31-may, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrish

​​Özbekistonliklar iyun oyida neça kun dam olişadi?

Eng avvalo, haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga taʼsir qilişini unutmaslik kerak. Yaʼni, 5 kunlik iş haftasidagi xodimlar iyun oyida 11 kun dam olişadi, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar esa iyunda 6 kun dam olişadi.

Kelayotgan şanba kuni barça uçun iş kuni böladi

1-iyun - şanba kuni, Özbekistondagi barça xodimlar uçun iş kuni böladi. Özi şanba kuni haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar şundoq ham işga çiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olişardi.

Ammo 12.11.2018-yildagi Prezident farmoni asosida 1-iyundagi dam oliş kuni 6-iyunga köçirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun işlovçilar uçun:
1-iyun, şanba - iş kuni;
6-iyun, payşanba - dam oliş kuni böladi.

Ramazon Hayiti arafasidagi dam oliş kunlari

Özbekistonda 5-iyun çorşanba Ramazon Hayiti bayrami nişonlanadigan böldi.

Bundan xulosa qiliş mumkinki, haftasiga 5️ kun işlovçi xodimlar uçun:

5-iyun, çorşanba - dam oliş kuni;
6-iyun, payşanba - dam oliş kuni;
7-iyun, juma - iş kuni;
8-iyun, şanba - dam oliş kuni;
9-iyun, yakşanba - dam oliş kuni.

Yana bir bor taʼkidlaş joiz, bu faqat haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga taalluqli. Şanba rasman iş kuni bölgan (6 kunlik iş haftasi) xodimlar hafta örtasida faqat Ramazon hayiti kuni (5-iyun) dam olişadi, 6-iyun kuni esa ular uçun iş kuni böladi.

Şu sababli OAVlardan «5 va 6-iyun kuni özbekistonliklar uçun dam oliş kuni böladi» deya biroz notöğri maʼlumot bermasliklarini sörar edim. Bu odamlarni çalğitadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Taammul: Ruhiy tarbiya turkumidan audio

    035 daqiqa

  2. Ramazon hayiti 5-iyun kuni nişonlanadi

    01 daqiqa

Yana oʻqing