Şavkat Mirziyoyev Mehr operatsiyasi qiyinçiliklari haqida
"Mehr" operatsiyasini amalga oşiriş oson bölgani yöq — Şavkat Mirziyoyev
Toşkent viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuv çoğida "Mehr" operatsiyasi doirasida Suriyadan Özbekistonga qaytib kelgan ayol ham söz oldi va Vatanga olib kelingan barça ayollar va bolalar nomidan öz minnatdorligini bildirdi. Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev uşbu operatsiyalarni amalga oşiriş oson bölmagani, köp tösiqlar va qiyinçiliklar bilan uddasidan çiqilganini taʼkidladi.
«Bir safar yurtdoşlarimizni Suriyadan olib kelayotgan samolyot Turkiya osmoni ustidan uçib ötayotganda bizga qarab turk harbiy havo kuçlarining qiruvçi samolyoti uçirildi va Turkiya hududini tezda tark etişni talab qildi. Keyin biz noiloj samolyotni qöndiriş uçun tezda boşqa joy qidirdik va eng yaqin Ozarboyjonga qöndirişga ruxsat oldik. Şundan söng özim şaxsan Turkiya Prezidenti Erdogan janobi oliylariga qönğiroq qildim. Muzokaralardan keyin, samolyotimiz yana uçişda davom etdi.
Garçi adaşgan bölişsa ham, lekin ular vatandoşlarimiz-ku. Ular uçun kim bilan bölsa ham muzokara olib borişga tayyorman», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


