Zangiotadagi şifoxonaga 2300 dan ortiq ariza kelib tuşdi
2300 dan ortiq arizalar kelib tuşdi!
Toşkent viloyati Zangiota tumani «Ixtisoslaştirilgan köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasi»ga fidoyi şifokorlar va tibbiyot xodimlari işga çaqirilgandi.
Qönğiroqlar köpligi uçun 1109 telefon raqamiga doim ham boğlaniş imkoni bölmayotgani sababli, maxsus anketa yaratib kanalamizda va Kun.uz naşrida eʼlon qilgandik. Maqsadimiz köngillilar armiyasini şakllantirişda Hukumatga yordam beriş edi.
Keçadan buyon 2300 dan ortiq arizalar kelib tuşdi. Ularning 26%i şifokorlardan, 41,5%i hamşiralardan, 17,7%i kiçik tibbiyot xodimlaridan, 14,8%i esa talabalardan keldi.
Biz yana bir bor öz hayotini xavf ostiga qöyib bölsada, kasbiga sodiq qolib, bemorlarga yordam berişga şoşilayotgan fidoyi insonlarga öz minnatdorligimizni bildiramiz. Baraka toping!
Agar yana istovçilar bölsa, mana bu manzil orqali ariza töldirişlari mumkin:
📲 https://forms.gle/z5KMAkbwnMenyMh26
Barça köngillilarning maʼlumotlarini Hukumat tomonidan taşkil etilgan Tezkor ştabga yetkazyapmiz.
👉 @xushnudbek 👈

