Karantin davridagi xayriya va köngillilar loyihalari

Matn31-mart, 2020, 19:263 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yaxşiliklar haqida

Koronavirus infeksiyasi sababli yuzaga kelgan murakkab şaroitda xayriya va ehson qiluvçi sahovatpeşalar hamda şu işga yordam beradigan köngillilar ança köpaydi. Bu juda quvonarli hol albatta. Qalbi yaxşilik nurlari bilan porlab turgan insonlarning bor ekan, demak hali porloq kelajak haqidagi umidlar yöqolmaydi.

Hozirgi postimizda özim taniydigan va işonadigan ayrim köngillilar jamoasi haqida maʼlumot bermoqçiman.

= • = • = • = • = • = • = • = • =

1️⃣ Feysbuk ijtimoiy tarmoğida faol bölgan bir qator blogerlar tomonidan karantinda qiynalib qolgan muhtoj oilalarga va xastalikka çalinganlarni davolaşda xizmat körsatayotgan şifokorlarga yordam beriş aksiyasi yölga qöyildi. Batafsil maʼlumot.

Avval boşdanoq 1000 oilaga yordam beriş maqsad qilib olingan bölib, ularning har biriga örtaça 200-210 ming sömlik rözğorlik qilinyapti. Şu kungaça 500 oilaga yetarli zaxira jamlandi va 130 tasiga tarqatildi. Yana 500 ta oilaga ham aynan şu tarzda yordam berilişi rejalaştirilgan. Mazkur aksiya hozirça faqat Toşkent şahri hududida olib borilmoqda.

Pul ötkazmalari uçun:
8600 0417 7326 6458
Tursunov Islomjon nomida

= • = • = • = • = • = • = • = • =

2️⃣ Kunlik işbay daromad topib kelgan, ijtimoiy ahvoli oğir bölgan va karantin vaqtida rözğor tebratişga qiynalayotgan yurtdoşlarimizga yordam beriş maqsadida bir guruh faollar «Biz birgamiz» loyihasini boşlaşgan. Uşbu loyiha Toşkent, Navoiy, Namangan, Jizzax, Samarqand, Farğona, Buxoro, Bekobod, Andijonda ham amalga oşiriladi. Bugungi kungaça loyiha doirasida 32 mln sömdan köproq mablağ yiğilgan.

Mazkur loyihani boşlagan «Pokiza inson» faollar guruhiga bloger Aqida Hanum boşçilik qiladi. Ötkaziladigan va sarflanayotgan mablağlar haqidagi hisobotlar şaffof berib borilmoqda. Maʼlumotlar bilan Telegramdagi @pokizainson guruhidan yoki Aqida Hanum’ning Feysbukdagi sahifasidan tanişişingiz mumkin.

Pul ötkazmalari uçun:
8600 0329 1871 4593
Moxirova Aqida nomida

= • = • = • = • = • = • = • = • =

3️⃣ Riştonlik maşhur bloger Dima Qayumni ham köpçilik tanisa kerak. Ança yillardan buyon xayriya işlariga boş qöşişi bilan tanilgan. Karantin eʼlon qilingaç, hozirgaça sahovatpeşa insonlarning kömagi bilan 60 ta oilaga 1 qopdan un va 5 l yoğ tarqatişga yordam berdi. Mazkur xayriya işlaridan doimiy hisobot va rasmlar Dima Qayumning Feysbuk sahifasida berib boriladi.

Pul ötkazmalari uçun:
8600 0423 9788 7851
Boltaboyev Dilşodjon nomida

= • = • = • = • = • = • = • = • =

4️⃣ Qöqon şahrida tadbirkorlar, deputatlar, hokimlik va mahalliy OAV vakillari birlaşib «Mehr-muruvvat» NNT qoşida «Yelkama-yelka» xayriya aksiyasini boşlaşdi. Hozirgaça 150 mln sömdan ortiq pul mablağlari va oziq-ovqat (un, şakar, kartoşka, piyoz, yoğ va h.k), tibbiyot spirti va niqoblari yetkazildi. Bugungaça 500dan ortiq honadonga birinçi yordam tarqatildi. Mazkur işlar yana davom ettirilmoqda.

Pul ötkazmalari uçun:
8600 0207 0974 9563
Husanov Rustamjon nomida

= • = • = • = • = • = • = • = • =

5️⃣ Yana bir bloger Raşid Usmonov va yana köplab buxorolik fidoyi insonlar tomonidan «Biz birgamiz» aksiyasi Buxoro viloyatida ham ötkazilmoqda. Hozirça 200 dan ortiq xonadonlarga oziq-ovqatlar mahsulotlaridan iborat ixçamroq töplam (har biri 65-70 ming söm atrofida) tarqatilmoqda. Köngillilar tomonidan Buxoro miqyosida amalga oşirilgan işlar haqidagi maʼlumotlar bilan quyidagi Telegram guruhda tanişişingiz mumkin.

Pul ötkazmalari uçun:
8600 0609 9514 1208
Usmonov Raşid nomida

= • = • = • = • = • = • = • = • =

Alloh barça ehson qilgan va qilayotgan sahovatpeşalarni, şuningdek uşbu xayrli işlarga boş qöşib, yordam berayotgan köngilli insonlarni özining mukofotlari bilan siylasin, deb duo qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek